Jahon | 18:37 / 19.04.2025
5460
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda robotlar va odamlar yugurish musobaqasida bellashdi

Yarim marafonda 12 ming sportchi va 20 ta odamsimon robot ishtirok etdi. Robotlardan birinchi bo‘lib marra chizig‘iga yetib kelgani bunga 2 soat-u 40 daqiqa sarfladi, bu eng tez kelgan odamning natijasidan 2,5 barobarga sekin.

Foto: REUTERS / Tingshu Wang

Pekinda o‘tkazilgan yarim marafonda tarixda birinchi marta odamlar odamsimon robotlar bilan raqobatlashdi. Marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tgan robot Milliy robototexnika markazi tomonidan ishlab chiqilgan Tien Kung Ultra bo‘ldi, deb yozadi The Global Times.

Yugurish musobaqasiga 12 mingga yaqin odam, shuningdek, 20 ta robot keldi. G‘olib robot ishtirokida o‘tkazilgan. G‘olib Tien Kung Ultra roboti 2 soat-u 40 daqiqada marra chizig‘ini kesib o‘tdi. Erkaklar o‘rtasidagi eng yaxshi natija 1 soat 2 daqiqa, ayollar o‘rtasida esa 1 soat 11 daqiqani tashkil qilgan.

Robotlarga ham odamlar kabi yo‘lda to‘xtashga ruxsat berildi. Odamlar dam olib, suv zaxiralarini to‘ldirgandan keyingina robotlarning akkumulyatorlari o‘zgartirildi, deya qayd etadi CNN.

Tien Kung Ultra “charchoq alomatlarini ko‘rsatmasdan” marra chizig‘ini kesib o‘tdi, deb yozadi nashr. Yakunda marafon ishtirokchilari g‘olib bo‘lgan robot atrofiga yig‘ilib, suratga tushishgan.

Mavzuga oid