Jahon | 09:10
3079
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Ukraina urushida vositachilikni to‘xtatish bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti Rossiya va Ukraina tezda sulh tuzmasa, vositachilik harakatlarini to‘xtatishini aytdi. Biroq Tramp muddat haqida gapirishdan bosh tortdi.

Foto: REUTERS

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Rossiyaga Ukrainadagi hujumini to‘xtatish bo‘yicha yashirin ultimatum qo‘yganidan so‘ng, 18 aprel, juma kuni prezident Donald Tramp ham bayonot bilan chiqdi. Oq uyda jurnalistning savoliga javoban u «tez orada» tinchlik bitimini ko‘rishni xohlashini aytdi, biroq aniq qaysi muddatni nazarda tutganiga aniqlik kiritmadi. «Kunlarning aniq soni yo‘q, lekin tez», dedi prezident.

Shu bilan birga, Tramp har ikki tomon murosaga kelish istagi bo‘lmasa, Qo‘shma Shtatlar vositachilikni davom ettirishdan manfaatdor bo‘lmasligini aniq aytdi. «Agar negadir tomonlardan biri jarayonni juda qiyinlashtirsa, biz shunchaki aytamiz: siz ahmoqsiz, siz dahshatli odamlarsiz — va biz hamma narsani shunchaki to‘xtatamiz. Lekin umid qilamanki, bunday bo‘lmaydi», — dedi u.

Ukrainani qo‘llab-quvvatlash to‘xtatilishi borasidagi savolga Tramp aniq javob bermadi. U hali ham muzokaralar yo‘li bilan yechim topish imkoniyatiga ishonishini ta’kidladi. «Asosiysi — urushga chek qo‘yish», — deya ta’kidladi prezident va Rossiyadan ham, Ukrainadan ham muzokaralar uchun «ishtiyoq» kutishini qo‘shimcha qildi.

Tramp Rossiya u bilan ikki tomonlama o‘yin o‘ynashi mumkinligi haqidagi fikrni keskin rad etdi. «Hech kim meni manipulyatsiya qilmayapti, men shunchaki yordam berishga harakat qilaman», dedi u. AQSh prezidenti, shuningdek, Rossiya rahbari jarayonni kechiktirmayotganiga umid bildirdi. «Umid qilamanki, yo‘q, tez orada sizga xabar beraman», deb javob berdi u Putin muzokaralarni to‘xtatyaptimi, degan savolga javoban.

Mavzuga oid