Bloomberg: AQSh Qrimni Rossiya hududi deb tan olishga «ochiq»
Vashington Moskva va Kiyev o‘rtasidagi kengroq tinchlik kelishuvi doirasida Rossiyaning Ukraina yarimoroli ustidan «nazorati»ni tan olishga tayyor, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot manbalariga tayanib.

Foto: DW/Y. Vishnevetskaya
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Moskva va Kiyev o‘rtasidagi kengroq tinchlik kelishuvi doirasida Ukraina yarimoroli Qrim ustidan Rossiya «nazorati»ni tan olishga tayyor. Bu haqda 18 aprel, payshanba kuni manbalarga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
Agentlik manbalarining aniqlik kiritishicha, bu borada hali qaror qabul qilinmagan. Oq uy va Davlat departamenti izoh berish so‘rovlariga javob qaytarmadi. Ukrainadagi tinchlik muzokaralarining borishi bilan tanish bo‘lgan AQSh rasmiysi Bloomberg'ning Qrimni Rossiya hududi deb tan olish imkoniyati haqidagi savoliga javob berishdan bosh tortdi.
14 aprel kuni AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Fox News telekanaliga Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada tinchlik o‘rnatishga intilayotganini, ammo «bu mojarodagi eng katta muammo» Kreml talab qilayotgan beshta Ukraina hududi ekanini aytdi. Gap Qrim, Donetsk, Luxansk, Zaporijjya va Xerson viloyatlari haqida bormoqda.
Ertasi kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Odessada NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan matbuot anjumani chog‘ida Uitkoffning so‘zlarini quyidagicha izohladi: «Barcha hududlar Ukraina unitar davlatiga tegishli. Shuning uchun... davlatimiz hududi haqida faqat Ukraina xalqi gapirishi mumkin».
Mavzuga oid

15:22
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

13:03
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

11:33
Reuters: Eron AQSh bilan yangi yadroviy kelishuv uchun kafolatlar olishni istayapti

18:03 / 18.04.2025