Yevroittifoq migratsiya siyosatini kuchaytirmoqda
Yevrokomissiya muhojirlarni tezkorlik bilan qaytarish mumkin bo‘lgan yettita «xavfsiz» davlat ro‘yxatini taqdim etdi.

Foto: Cornelius Poppe/NTB/picture alliance
16 aprel, chorshanba kuni Yevropa komissiyasi Bryussel «xavfsiz kelib chiqish mamlakatlari» deb hisoblaydigan yettita «xavfsiz» davlat ro‘yxatini taqdim etdi. Dastlabki ro‘yxatga Bangladesh, Kolumbiya, Kosovo, Misr, Hindiston, Marokash va Tunis kiritilgan. Bu harakat Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiqish va migrantlarni «xavfsiz» deb topilgan mamlakatlarga qaytarish jarayonini tezlashtirish imkonini beradi.
Migratsiya masalalari bo‘yicha Yevropa komissari Magnus Brunnerning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqining ko‘plab mamlakatlarida arizalar soni ko‘p, shuning uchun «qaror qabul qilish jarayonini tezlashtirish bo‘yicha har qanday chora-tadbirlar nihoyatda muhim».
Bryusselning eslatishicha, ba’zi Yevropa Ittifoqi a’zolari allaqachon milliy darajada shunga o‘xshash ro‘yxatlardan foydalanadilar.
Yevropa Komissiyasi veb-saytida ta’kidlanishicha, «xavfsiz» mamlakatlar fuqarolarining boshpana so‘rovlari Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida «qondirilishi dargumon». Shu bilan birga, ushbu maqomning berilishi «bu mamlakatning barcha fuqarolari uchun xavfsizlik kafolati» emasligi, shuning uchun YeI a’zolari har bir arizani alohida baholashi kerakligi ta’kidlanadi.
Mavzuga oid

20:37 / 16.05.2025
AQSh migrantlar uchun Amerika fuqaroligini beradigan realiti-shou o‘tkazadi

17:49 / 16.05.2025
Tramp ma’muriyati noqonuniy migrantlarga qarshi kurashish uchun 20 ming askar so‘radi

16:50 / 16.05.2025
Rossiyada migrant yigit yonayotgan kvartiradan uch bolani qutqardi

18:16 / 15.05.2025