Tramp ma’muriyati Xitoyning DeepSeek chatbotini AQShda bloklash masalasini muhokama qilmoqda
Shuningdek, DeepSeek sun’iy intellektini ishlab chiqish uchun chip yetkazib bergan Nvidia kompaniyasiga nisbatan ham tergov boshlangan.

Foto: Justin Sullivan/Getty Images
AQSh hukumati Xitoyning DeepSeek chatboti va Amerikaning yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyasi Nvidia’ga (DeepSeek’da aynan ushub kompaniya chiplaridan foydalanilgan) qarshi choralarni muhokama qilmoqda. Bu haqda The New York Times gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati allaqachon Nvidia chiplarining Xitoyga sotilishini cheklagan. Shuningdek, hukumat DeepSeek’ka Amerika texnologiyalarini xarid qilish imkonini bermaydigan sanksiyalarni joriy etish va amerikaliklarga DeepSeek’dan foydalanishni taqiqlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Ta’kidlanishicha, kongress ham Nvidia’ga bosim o‘tkazmoqda. Vakillar palatasining Xitoy kommunistik partiyasi ishlari bo‘yicha maxsus qo‘mitasi 16 aprel kuni Nvidia DeepSeek’ka chiplar yetkazib berish orqali Amerika qoidalarini buzgan yoki buzmaganini aniqlash bo‘yicha tergov boshlagan. Bu kongressning Nvidia’ga nisbatan birinchi tergovi hisoblanadi.
Nvidia vakili Jon Ritsso kompaniya AQSh hukumatining qaysi mahsulotlar va qayerda sotilishi mumkinligi borasidagi ko‘rsatmalariga rioya qilganini bildirdi.
Oq uy va AQSh savdo vazirligi DeepSeek’ning ayrim tadqiqotchilari Xitoy armiyasi hamda boshqa tuzilmalarga aloqador ekanidan xabar topganidan keyin Nvidia’ga nisbatan ta’qib boshlangan. DeepSeek vakillari bu boradagi so‘rovlarga javob qaytarmagan.
DeepSeek kompaniyasi yanvar oyida DeepSeek-V3 nomli yangi sun’iy intellekt tizimini taqdim etgandi. Kompaniya vakillarining qayd etishicha, model ikki oy davomida takomillashtirilgan va unga 6 million dollardan kamroq mablag‘ sarflangan — Amerika kompaniyalari esa bu kabi yo‘nalishlarga o‘nlab barobar ko‘p xarajat qilmoqda.
Mavzuga oid

08:35
Bloomberg: AQSh Qrimni Rossiya hududi deb tan olishga «ochiq»

18:03 / 18.04.2025
«Bu bizning urush emas» - Agar muzokaralarda siljish bo‘lmasa, AQSh Ukrainada tinchlik o‘rnatish urinishlarini to‘xtatadi

17:34 / 18.04.2025
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi

13:53 / 18.04.2025