Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi
«Haj-2025» dasturi boshlangani sabab aviakompaniya reyslari orqali Saudiya Arabistoniga borayotgan barcha yo‘lovchilar 30 aprelgacha mamlakat hududini tark etishi shart.

Foto: Kun.uz
«Haj-2025» dasturi boshlangani munosabati bilan 2025 yil 14 apreldan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent—Jidda—Toshkent yo‘nalishidagi reyslarda Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 14 apreldan boshlab aviakompaniya reyslari orqali Saudiya Arabistoniga borayotgan barcha yo‘lovchilar Toshkentga qaytish chiptasiga ega bo‘lishi va 2025 yil 30 aprelgacha mamlakat hududini tark etishi shart.
«Agar 30 apreldan keyin Saudiya Arabistonida qolgan yo‘lovchilar aniqlansa, jarimalar uchun javobgarlik agent yoki yo‘lovchining zimmasiga yuklanadi», — deyiladi xabarda.
Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi aylanmasiga muvofiq, Uzbekistan Airways tomonidan amalga oshirilayotgan Toshkent—Jidda—Toshkent reyslari 2025 yil 30 apreldan boshlab bekor qilinadi.
Mavzuga oid

17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi

16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi

17:00 / 13.05.2025
Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

08:20 / 13.05.2025