Turkmanistonda xorijliklarning kirishini soddalashtirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanmoqda
Qonun xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yagona axborot tizimi orqali elektron vizalar berish qoidalari bilan to‘ldiriladi.

Foto: Getty images
Turkmaniston parlamentining yig‘ilishida «Migratsiya to‘g‘risida»gi qonunga xorijiy fuqarolarning mamlakatga kirish tartibini sezilarli darajada soddalashtiradigan muhim o‘zgartirish loyihasi ko‘rib chiqildi, deb xabar berdi Turkmenportal.
Qayd qilinishicha, qonun xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yagona axborot tizimi orqali elektron vizalar berish qoidalari bilan to‘ldiriladi. Ushbu yangilik Turkmanistonning davlat xizmatlarini raqamlashtirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha milliy strategik ustuvorliklariga to‘liq mos keladi.
Turkmanistonning 2012 yilda qabul qilingan «Migratsiya to‘g‘risida»gi qonuni amalda bo‘lgan davrda 13 marta yangilandi va takomillashtirildi. Oxirgi yangilanish 2023 yil 3 iyunda kiritilgan.
Turkmanistonga viza olish boshqa davlatlarga qaraganda ancha qiyin, u dunyodagi eng yopiq davlatlardan biri. Rasmiylar chet elliklarning kirishini, ayniqsa turizm yoki jurnalistika maqsadlarida kirayotganlarni qattiq nazorat qiladi. Hatto qo‘shni davlatlar fuqarolari ham viza olishga majbur.
Vizalarning aksariyat turlari Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan jismoniy yoki yuridik shaxsning taklifnomasini talab qiladi.
Viza berish haqidagi qarorlar juda uzoq vaqt ko‘rib chiqiladi va aksariyat hollarda rad etiladi.
Turkmaniston hukumati tashqi ta’sirdan qo‘rqadi va «ishonchsiz» yoki «nomaqbul» shaxslar, xususan, chet ellik jurnalistlar, huquq himoyachilari va faollarning mamlakatga kirishini cheklashga harakat qiladi.
Mavzuga oid

12:52 / 08.04.2025
O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasida vizasiz tartib joriy qilinishi mumkin

18:40 / 06.04.2025
AQSh ilk bor chet davlatning barcha fuqarolariga berilgan vizalarni bekor qildi

00:41 / 30.03.2025
Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

20:38 / 23.03.2025