OpenAI sun’iy intellektning GPT‑4.1 bayroqdor modelini taqdim etdi
Yangi model nafaqat uzoq va qisqa masofalarda kerakli ma’lumotlarni olishda yaxshiroq ishlashi, balki «shovqin»ni ham ishonchli tarzda e’tiborga olmasligi ta’kidlanmoqda.

Foto: NurPhoto
OpenAI o‘tgan yili chiqarilgan multimodal GPT-4o vorisi bo‘lgan GPT-4.1 modelini e’lon qildi. Yangi versiya deyarli har tomonlama yaxshiroq ekani, shu jumladan kod bilan ishlashda va ko‘rsatmalarni bajarishda, shuningdek, sezilarli darajada kengaytirilgan kontekst oynasiga egaligi ta’kidlanmoqda. Kompaniya «yengilroq» versiyalarni ham taqdim etdi: GPT‑4.1 Mini va GPT‑4.1 Nano. So‘nggisi eng tez, ixcham va arzon model sifatida qayd etilgan.
Har uchala versiya ham so‘rovda ishlatiladigan bir million kontekstli tokenlarni (matn, tasvirlar yoki videolarni) qayta ishlashi mumkin. Taqqoslash uchun, GPT-4o modelida bu ko‘rsatkich ko‘pi bilan 128 mingta edi. OpenAI ta’kidlashicha, yangi model nafaqat uzoq va qisqa masofalarda kerakli ma’lumotlarni olishda yaxshiroq ishlaydi, balki «shovqin»ni ham ishonchli tarzda e’tiborga olmaydi.
GPT-4.1 avvalgi modeldan 26 foiz arzonroq bo‘lib chiqdi, bu, ayniqsa, yaqinda o‘ta raqobatchi DeepSeek modelining paydo bo‘lishini hisobga olgan holda juda muhimdir. OpenAI ichki testlari shuni ko‘rsatadiki, GPT‑4.1 SWE-Bench benchmarkidagi topshiriqlarning 54,6 foizini muvaffaqiyatli bajargan, bu avvalgi versiyalarga nisbatan yaxshilangani ko‘rsatkichlaridan biridir.
Hozircha GPT‑4.1 ishlab chiquvchilar uchun faqat API orqali mavjud. ChatGPT amaldagi versiyasida u hali asosiyga aylanmagan - GPT-4o hali ham asosiy sifatida ishlatiladi.
Endi OpenAI oldingi modellarni bosqichma-bosqich o‘chirishni rejalashtirmoqda. Shunday qilib, GPT-4 30 aprelda olib tashlanadi, GPT-4.5 14 iyulda. Kompaniyaning fikricha, GPT-4.1 yaxshi sifat, kam kechikish va arzonroq narx tufayli ularni osongina almashtirishi mumkin.
Shu bilan birga, GPT-5 modelining ishga tushirilishi barcha komponentlarni birlashtirishdagi qiyinchiliklar tufayli bir necha oyga kechiktirilgan. Yaqin kelajakda kompaniya o3 mantiqiy modelining to‘liq versiyasini va uning o4 Mini yengil muqobilini ham chiqarish niyatida.
Mavzuga oid

00:30
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda

18:28 / 10.04.2025
OpenAI Ilon Maskning «doimiy bosimlari» sabab sudga da’vo kiritdi

12:33 / 09.04.2025
ChatGPT O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

12:17 / 25.03.2025