Afg‘onistonlik investorlar O‘zbekistondagi firmalar soni bo‘yicha kuchli beshlikka kirdi
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar kapitali ishtirokida korxonalar soni bo‘yicha Xitoy birinchilikni egallab turibdi. Undan keyingi o‘rinlarda Rossiya va Qozog‘iston joylashgan. Mart oyi yakunlariga ko‘ra, afg‘onistonlik investorlar ham birinchi marta kuchli beshlikka kirdi.

Foto: independentpersian.com
2025 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonda 15 739 ta chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatyapti. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Shundan 4031 tasi qo‘shma korxonalar, 11 708 tasi xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni mart oyi davomida 236 taga oshgan. Xususan, 136 ta xitoylik investorlar ishtirokida yangi korxonalar tashkil etilgan. Natijada xitoyliklar sarmoyadorlar ishtirokidagi umumiy tuzilmalar soni 3711 taga yetgan. Bu eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bu borada ikkinchi o‘rinda Rossiya (3033 ta firma) qayd etilgan bo‘lsa, kuchli uchlikdan turkiyalik investorlar (1942 ta) ham joy olishgan.
Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha Afg‘oniston ilk bor kuchli beshtalikka kirdi. 1 aprel holatiga O‘zbekistonda afg‘onistonliklarning qisman yoki to‘liq ishtirokida 672 kompaniya faoliyat yurityapti.
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar kapitali ishtirokida korxonalar soni:
- Xitoy – 3711 ta;
- Rossiya – 3033 ta;
- Turkiya – 1942 ta;
- Qozog‘iston – 1082 ta;
- Afg‘oniston – 672 ta;
- Janubiy Koreya – 663 ta;
- BAA – 352 ta;
- Tojikiston – 329 ta;
- Hindiston – 317 ta;
- AQSh – 310 ta;
- Qirg‘iziston – 309 ta;
- Ozarboyjon – 278 ta;
- Buyuk Britaniya – 240 ta;
- Belarus – 230 ta;
- Germaniya – 217 ta;
- Turkmaniston – 209 ta;
- Pokiston – 148 ta;
- Yaponiya – 92 ta.
Mavzuga oid

22:28 / 09.04.2025
AQSh “Tolibon” bilan faol muloqotga kirishdi. G‘arbning talablari o‘zgardimi?

16:09 / 09.04.2025
Rossiya va O‘zbekiston Transafg‘on temiryo‘li loyihasi bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi

07:56 / 09.04.2025
Termizda Afg‘oniston fuqarolari uchun stomatologiya klinikasi filiallari ochilishi mumkin

10:47 / 07.04.2025