Ukrainlarga asir tushgan xitoyliklar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi
Asirlardan birining aytishicha, u Rossiyaga yaralangan harbiylar uchun reabilitolog sifatida ishga joylashish maqsadida kelgan. Ikkinchisi esa sayohat bahonasida RFga kelgan va «ozgina pul ishlab olmoqchi bo‘lgan».

Foto: Ukrainskaya pravda
Xitoyning Rossiya tomonida jang qilib, ukrainalik harbiylar tomonidan asirga olingan ikki fuqarosi Kiyevda matbuot anjumani o‘tkazdi. Unda asirlar urushga aldov yo‘li bilan jalb qilingani haqida so‘zlab berdi.
Van Guanszyunning aytishicha, u rossiyalik rekruter (yollovchi) bilan yaralangan harbiylar uchun reabilitolog sifatida ishga joylashishga kelishgan. O‘zining aytishicha, u Rossiyaga kelganida «armiyaga tushib qolgan va unda tanlov bo‘lmagan».
Chjan Renboning ma’lum qilishicha, u avvaliga Rossiyaga sayohat uchun kelgan, keyin esa «ozgina pul ishlab olishga qaror qilgan». Xitoy fuqarosi aytishicha, unga qurilishda ish taklif qilishgan, ammo keyin «boshqa ishlar boshlangan» va u «hech narsa qila olmay qolgan».
Chjan va Van Xitoy hukumati tuzilmalariga hech qanaqa aloqalari yo‘qligini bildirdi.
Ukraina qurolli kuchlari Xitoyning ikki nafar fuqarosini asirga olgani to‘g‘risida prezident Volodimir Zelenskiy 8 aprel kuni ma’lum qilgandi. U Kiyev xitoyliklarni Rossiyada asirda saqlanayotgan ukrainaliklarga almashishga tayyor ekanini aytgan.
Xitoy Tashqi ishlar vaziri mamlakat o‘z harbiylarini Ukrainaga yubormaganini rasman ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Rossiya armiyasi tarafida turib Hindistonning o‘nlab fuqarolari ham jang qilayotgani ma’lum bo‘lgandi. Keyinroq hukumat aralashuvi bilan vataniga qaytgan hindlar Rossiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilib, harbiy shartnomalar tuzishga majburlanganini so‘zlab bergandi.
Mavzuga oid

21:42 / 15.04.2025
Rossiya tinchlikka erishish uchun Ukrainadan anneksiya qilingan hududlarni so‘radi

21:36 / 15.04.2025
SCMP: Xitoyda sun’iy intellekt sohasidagi bir nechta yetakchi olimlar to‘satdan vafot etdi

20:46 / 15.04.2025
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi

20:39 / 15.04.2025