Sport | 11:50 / 13.04.2025
1502
2 daqiqa o‘qiladi

Futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogining Toshkent shahar bosqichiga start berildi

DXX kubogining Toshkent shahar bosqichi ochiq deb e’lon qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar “5 tashabbus.uz” platformasida poytaxt bo‘yicha 460 mingdan ortiq yoshlar bo‘lib, ularning 50 ming nafarga yaqini musobaqalarda qatnashish istagini bildirgan.

12 aprel kuni “Hilton” mehmonxonasida DXX kubogining Toshkent shahar bosqichini o‘tkazish oldidan brifing tashkil etildi. Unda Sport vazirligi, Futbol akademiyasi murabbiylari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Dastlab, musobaqa shartlari tushuntirilib, intizomga qat’iy rioya etish kerakligi ta’kidlandi. Shuningdek, tadbir davomida eng ko‘p so‘ralayotgan hakamlar haqidagi savollarga ham javob berildi. Qayd etilishicha, ushbu musobaqalarni O‘FA qoshidagi hakamlar qo‘mitasi vakillari boshqarib boradi. Asosiy o‘yinlarga FIFA hakamlari ham jalb etilishi mumkin.

O‘zbekiston professional futbol ligasi mutaxasissi Sherzod Rajabovning aytishicha, bu musobaqa havaskorlar uchun bo‘lsa-da, musobaqa yakunida ayrim futbolchilar professional futbol klublari bilan shartnoma imzolagan. Shu sababmi “5 tashabbus.uz” platformasiga kelib tushayotgan arizalar soni ortmoqda. Toshkent shahar sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Farrux Abduraimovning aytishicha, platformada poytaxt bo‘yicha 460 mingdan ortiq yoshlar bo‘lib, shundan 50 ming nafari musobaqalarda qatnashish istagini bildirgan. 

Shunday qilib, DXX kubogining tuman, shahar bosqichi uchun saralash o‘yinlari aprel-may oylarida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida, bellashuvning o‘tgan mavsumida Toshkent shahri bo‘yicha 110 mingdan ortiq aholi qamrab olingan, shundan 15 ming nafari ishtirokchilar bo‘lgan.

Mavzuga oid