O‘zbekiston | 21:09 / 12.04.2025
3546
4 daqiqa o‘qiladi

Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

«O‘zgidromet» 13 aprel, yakshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qayd qilinishicha, O‘zbekiston bo‘ylab havo bir oz bulutli bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +17...+19 daraja, kunduzi +27...+29 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +25...+30 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlari

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +27...+32 daraja iliq bo‘ladi.

Jizzax va Samarqand viloyatlari

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +27...+32 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +18...+23 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid