Texnomart GUM filialida Samsung kompaniyasining SmartThings zonasi ochilishi: aqlli uy haqiqatga aylanmoqda!
Texnologiya jadal rivojlanayotgan bugungi dunyoda “aqlli uy” tushunchasi endi xayolimizdagi g‘oyalar emas, balki kundalik hayotimizda sodir bo‘layotgan haqiqatga aylanib bormoqda. Yaqinda Texnomart GUM filiali Samsung SmartThings zonasini ochdi. U yerda har bir kishi eng so‘nggi Samsung smart qurilmalari bilan tanishishi va ular kundalik hayotni qanday yaxshilash mumkinligini bilib olishi mumkin.

Foto: Texnomart
SmartThings zonasining ochilish marosimida kundalik hayotga uyg‘unlashib keta oladigan turli xil qurilmalar taqdim etildi: smart televizorlar va sovitkichlardan tortib xavfsizlik tizimlarigacha. Tashrif buyuruvchilar nafaqat Samsung mahsulotlarini amalda ko‘rishlari, balki uy boshqaruvini imkon qadar osonlashtira oladigan foydali qurilmalarni sinab ko‘rishlari, shuningdek, maishiy texnika va gadjetlar sovrin sifatida yutiladigan o‘yinda ishtirok etishlari mumkin bo‘ldi.
Samsung SmartThings — bu aqlli uy ekotizimidir. U yagona ilova yordamida bir nechta qurilmalarni boshqarish imkonini beradi. Tizimning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:
Qurilmalar integratsiyasi: SmartThings Samsung mahsulotlari hamda aqlli uyga mos boshqa keng turdagi qurilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu foydalanuvchilarga barcha qurilmalarini yagona qulay tizimga ulash imkonini beradi.
Smartfondan boshqarish: boshqaruv to‘liq SmartThings mobil ilovasi orqali amalga oshirilganligi sababli foydalanuvchilar endi qurilmalarini dunyoning istalgan nuqtasidan boshqara oladi. Bu esa yuqori darajadagi qulaylik va xavfsizlikni ta’minlaydi.
Shaxsiy ssenariylar yaratish: SmartThings sizga avtomatlashtirilgan ssenariylar yaratishga imkon beradi. Misol uchun, uyga kelganingizda chiroqlar yonadi, xona harorati optimal darajaga tushadi va turli gadjetlarda musiqa ijro etiladi. Bularning barchasi yagona dastur nazorati ostida bo‘ladi.
Kuzatuv va xavfsizlik: SmartThings yordamida foydalanuvchilar kameralar va datchiklarni ulashlari mumkin. Bu ularga jonli ravishda uy xavfsizligini kuzatish va shubhali harakatlar haqida bildirishnomalar olish imkonini beradi.
AI yordamida energiya sarfini boshqaring: SmartThings unga ulangan qurilmalarning energiya sarfini optimallashtirishga yordam beradi. Bu nafaqat qulay, balki energiya uchun xarajatlaringizni ham optimallashtiradi.
SmartThings’dan foydalanish uchun ilovani Galaxy Store, Google Play Store yoki SmartThings’dan yuklab oling. Haqiqatga aylanib ulgurgan kelajakning bir qismi bo‘ling! SmartThings ekotizimi qay tarzda uyingizni o‘zgartirishi va haqiqiy aqlli uyga aylantirishini bilib oling.
Batafsil ma’lumot uchun: www.samsung.uz, Telegram
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

14:52 / 02.08.2023
Tenge Bank “Texnomart’da to‘lov uchun keshbek” aksiyasini ishga tushiradi

19:43 / 17.07.2023
Texnika xaridi uchun - Damas sovg‘a!

15:03 / 15.03.2023
O‘zbekistonda xayriya mahalliy brendlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi: Texnomart va Payme

16:59 / 30.12.2022