O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida yana bir muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekistonning Centrum Air aviakompaniyasi 10 aprel kuni Toshkent va Tel-Aviv shaharlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri ilk parvozini amalga oshirdi.

Foto: Dunyo
Bu yangi yo‘nalish faqat geografik bog‘liqlik emas, balki ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Endi ikki mamlakat aholisi turizm, biznes, savdo va ziyorat maqsadida yanada oson uchish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Centrum Air ushbu yo‘nalishda to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslarni amalga oshirayotgan uchinchi aviakompaniya bo‘ldi.
Yangi havo qatnovlarining ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar, muntazam aviareyslar ikki mamlakat o‘rtasida ishonchli va talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishga aylanishini ta’kidladilar.
Mavzuga oid

15:38
Fransiya Isroildan Madleen bortida ushlangan fransuzlarni zudlik bilan ozod etishni talab qildi

14:42
Isroilda Netanyahuning sog‘lig‘iga oid tafsilotlarni oshkor etish talab qilindi

13:24 / 09.06.2025
Isroil havo kuchlari Suriyaga hujum qildi

11:09 / 09.06.2025