Toshkent metrosida poyezd harakat tarkibida texnik nosozlik yuz berdi
Joriy yilning 11 aprel kuni soat 07:53 lar atrofida «Ming o‘rik» bekatidan harakatlangan 67-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati aniqlangan.

Foto: LiveJournal
Toshkent metropoliteni xabariga ko‘ra, shundan so‘ng, belgilangan yo‘riqnomaga asosan, yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezd harakati «Ming o‘rik» — «Yunus Rajabiy» bekatlari oralig‘ida to‘xtatilgan.
Mashinist tomonidan tezkor ko‘rilgan chora-tadbir natijasida 3 daqiqa ichida harakat tarkibidagi nosozlik bartaraf etilgan va poyezd harakatini davom ettirgan.
Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.
Mavzuga oid

21:14 / 03.04.2025
«Buyuk ipak yo‘li» metro bekatiga nogironligi bor shaxslar uchun elektron ko‘targichlar o‘rnatilmoqda

09:46 / 27.03.2025
Hayit bayrami kuni Toshkent metrosi 04:00 dan ish boshlaydi

08:52 / 24.03.2025
Qozog‘istonning xalqaro sayyohlik poyezdi Toshkentga keldi

21:34 / 21.03.2025