Yaponiya O‘zbekistonda farmatsevtika zavodi qurishni rejalashtiryapti
Joriy yilning 9 aprel kuni O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Yaponiyaning Sugi Holdings kompaniyasi prezidenti Katsunori Sugiura bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Sugi Holdings 1976 yilda tashkil topgan. Kompaniya farmatsevtika va tibbiyot kompaniyalari guruhini birlashtiradi. Yaponiyada u 2500 dan ortiq do‘kon va 14 ta yirik logistika markazlarini boshqaradi. Kompaniyaning aksiyalari Tokio va Osaka birjalarida joylashgan.
Uchrashuvda kompaniyaning yirik dorixonalar tarmoqlarini boshqarish, tibbiy profilaktika dasturlarini amalga oshirish, yapon tibbiyot mahsulotlarini yetkazib berish borasidagi tajribasidan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Katsunori Sugiura mamlakat ehtiyojlarini ta’minlash va qo‘shni davlatlar bozorlariga eksport qilish maqsadida O‘zbekistonda farmatsevtika zavodi qurish loyihasini amalga oshirishga to‘xtalib, strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorligini bildirdi.
Tomonlar ISSV uchun alohida loyiha menejeri tayinlangan holda muhokama qilingan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelgusida hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Mavzuga oid

21:43 / 04.06.2025
Yaponiyalik olimlar barcha guruhlarga mos keladigan qonni ishlab chiqdi

13:21 / 04.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

20:09 / 02.06.2025
Yaponiyaga 10 ming o‘zbek mutaxassisini jalb qilishga qaratilgan loyihaga start berildi

19:23 / 02.06.2025