Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX: Respublika miqyosida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi
Joriy yilning 1-7 aprel kunlari DXX, IIV, Bosh prokuratura va O‘zenergoinspeksiya xodimlari hamkorligida respublika bo‘ylab reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Foto: DXX
DXX xabariga ko‘ra, unda jami 2776 ta holatlar aniqlanib, shundan elektr energiyasidan 1807 ta, tabiiy gazdan 969 ta holatda jami 19,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganlik holatlari bo‘yicha dalolatnomalar tuzildi.
Shuningdek, olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 6,8 mlrd so‘m davlat foydasiga undirildi.
Respublika bo‘yicha aniqlangan noqonuniy holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ushbu davrda 39 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va 263 ta ma’muriy jazo choralari qo‘llandi.
Mazkur yo‘nalishda reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

21:14 / 12.07.2025
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi

09:12 / 12.07.2025
Iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi 4 ming dollar bilan ushlandi

10:16 / 10.07.2025
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi

15:14 / 08.07.2025