Davlat xizmatchilariga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash mexanizmlari bekor qilinishi mumkin
Davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat budjeti, budjetdan tashqari mablag‘lar va davlat maqsadli jamg‘armalari hisobidan qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash mexanizmlari bekor qilinishi mumkin. Shuningdek, budjetdan tashqari jamg‘arma hisobvaraqlarini qisqartirish tartibini belgilash ko‘zda tutilgan.

Ochiq manbalardan olingan surat
Vazirlar Mahkamasining 8 aprel kungi qarori bilan, “2025-2030 yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi” tasdiqlandi.
Strategiyada davlat fuqarolik xizmatchilarining lavozim maoshlarini yagona prinsip asosida shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Xususan, davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan, davlat maqsadli jamg‘armalari hisobidan qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash mexanizmlarini bekor qilish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, ayrim turdagi davlat bojlari, majburiy yig‘imlar, to‘lovlar, jarimalar va ajratmalar hisobidan shakllantiriladigan vazirlik va idoralaring budjetdan tashqari jamg‘arma hisobvaraqlarini qisqartirish tartibini belgilash rejalashtirilgan.
Bu ikkita masala yuzasidan 2025 yil sentabrgacha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Ijrochilar – Iqtisodiyot va moliya vazirligi, vazirlik va idoralar.
Hujjatga asosan, 2025-2030 yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasining asosiy maqsadlari quyidagilar deb belgilandi:
- budjet barqarorligini ta’minlash va intizomini kuchaytirish orqali budjet taqchilligini qisqartirib borish;
- budjet ochiqligini ta’minlash;
- soliq ma’murchiligini yaxshilash va uning samaradorligini yanada oshirish;
- budjet xarajatlari natijadorligiga erishish;
- davlat qarzini makroiqtisodiy xavfsiz darajada ushlab turish;
- davlat budjeti likvidliligini oshirish.
Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi:
- budjet intizomini ta’minlash mexanizmlarini kuchaytirish;
- o‘rta muddatli budjetlashtirishda strategik ustuvorlikni ta’minlash;
- davlat xarajatlari va investitsilarining samaradorligi hamda natijadorligini oshirish.
Mavzuga oid

12:27 / 12.04.2025
Yo‘l harakati sohasidagi ayrim davlat xizmatlari raqamlashtiriladi

12:28 / 11.04.2025
IMV davlat xizmatchilariga haq to‘lash tizimida kutilayotgan o‘zgarishlarga izoh berdi

19:04 / 25.03.2025
“Tashabbusli budjet”dan ham umidini uzayotgan mahalla: Shahrixondagi maktab qachon ta’mirlanadi?

22:15 / 12.03.2025