Qoraqalpog‘istondagi “Shoxpaxta” gaz koni bo‘yicha “Gazprom” bilan bitim yakuniga yetdi
Rossiya kompaniyasi bilan ushbu konni o‘zlashtirish bo‘yicha mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim 2004 yilda, 15 yil muddatga tuzilgan, 2018 yilda 5 yilga uzaytirilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, 20 yillik hamkorlikdan so‘ng, shartnoma boshqa uzaytirilmagan.

Ochiq manbalardan olingan surat
Qoraqalpog‘istondagi “Shoxpaxta” gaz koni bo‘yicha “Gazprom” bilan tuzilgan mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim muddati yakuniga yetdi va Rossiya kompaniyasi konni tark etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Shu tariqa, “Shoxpaxta” koni bo‘yicha “Gazprom” bilan hamkorlik 20 yil davom etib, 2024 yil 31 iyulda yakuniga yetdi.
Ustyurtdagi Shoxpaxta hududidagi birinchi gaz-kondensat koni 1964 yilda ochilgan, 1970 yillardan boshlab bu yerdan gaz qazib olina boshlangan. Keyinchalik, zaxiralarning kamayib ketgani sababli ishlar to‘xtatilgan.
2004 yilda kon yangi texnologiyalar yordamida yana ishga tushirilgan, o‘shanda “Gazprom zarubejneftegaz” bilan qo‘shma korxona tashkil etilib, 15 yil muddatga mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim tuzilgan. Shundan keyin 19 ta quduq ishga tushirilgan.
2018 yilda “Gazprom” va “O‘zbekneftgaz” o‘rtasida “Shoxpaxta” konida gaz qazib olishni 5 yilga uzaytirib, 2024 yilgacha davom ettirish bo‘yicha kelishuv tuzilgan. Sankt-Peterburg iqtisodiy forumi doirasidagi tadbirda “Gazprom” boshqaruvi raisi o‘rinbosari Vitaliy Markelov va “O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi Alisher Sultonov konni kelgusida o‘zlashtirish to‘g‘risidagi 2-sonli qo‘shimcha shartnomani imzolagan.
Hujjatga ko‘ra, 2024 yilga qadar gaz qazib olishni xuddi shu tijorat shartlari asosida, avval yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlarida davom ettirish nazarda tutilgan.
Neftegaz.ru axborotiga ko‘ra, “Shoxpaxta”da oxirgi paytlarda yiliga 350 mln kub metr gaz qazib olib kelingan.
Ma’lumot uchun, “Shoxpaxta” konidan 15 km masofada joylashgan “Jyel” koni bo‘yicha 2018 yilda “Gazprom” bilan 25 yil muddatga mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitim tuzilgan.
Mavzuga oid

21:10 / 12.04.2025
Yakuniy energotariflar, Tahoe defitsiti va $50 milliardga yaqin zaxira - hafta dayjesti

15:45 / 10.04.2025
8 tonna suyultirilgan gazni sotuvga noqonuniy chiqarish holati aniqlandi

23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi

08:41 / 08.04.2025