Qirg‘izistonda davlat to‘ntarishiga urinish bostirilgani e’lon qilindi
Maxsus xizmat xodimlari davlat to‘ntarishini rejalashtirgan guruhning barcha a’zolarini aniqlab, qo‘lga olgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi
Qirg‘iziston maxsus xizmatlari mamlakatda ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga urinishning oldini oldi, deb xabar berdi AKIpress Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga (MXDQ) tayanib.
Ta’kidlanishicha, bu tartibsizliklarning asosiy maqsadi keyinchalik davlat to‘ntarishiga urinish orqali ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish bo‘lgan.
Qayd qilinishicha, MXDQ davlat to‘ntarishini rejalashtirgan guruhning barcha a’zolarini aniqlab, qo‘lga oldi. Razvedka xizmatiga ko‘ra, gumonlanuvchilar kaltaklangan qirg‘iz qizi chet el fuqarolari tomonidan qanday tahqirlangani haqidagi «soxta provokatsion video suratga olmoqchi bo‘lgan».
Ushbu video «milliy vatanparvarlik tuyg‘ulariga ta’sir qilishi va mamlakatning uyushmagan yoshlari vakillarini g‘azablantirishi kerak edi», deb tushuntirdi MXDQ. Shundan so‘ng, «o‘qotar qurollar bilan maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan jangovar guruhlar» 2024 yil may oyida Bishkekda «chet elliklarning ish va yashash joylarida» ommaviy qirg‘inni amalga oshirishi reja qilingan. Shuningdek, Qirg‘iziston fuqarolariga va huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarshi provokatsiyalar va tartibsizliklar rejalashtirilgan edi.
Qo‘mita ta’kidlaganidek, guruhning mafkuraviy ilhomlantiruvchilaridan biri, ehtimol, BAA davlatida yashiringan.
Mavzuga oid

14:55 / 12.04.2025
Moskvadagi hammomda qirg‘izistonlik migrantlarga qarshi reyd o‘tkazildi

16:31 / 08.04.2025
O‘zbekistonlik ayol Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tdi

18:24 / 03.04.2025
Chegara muammolari hal bo‘ldimi? Markaziy Osiyoning bugungi manzarasi – ekspertlar nigohida

20:07 / 02.04.2025