Britaniyalik rassomning 10 funtga xarid qilingan kartinasi 1 mln funtga sotilishi mumkin
The Guardian muharriri 1926 yilda Lourens Stivenning kartinasini sotib olgan. U vaqtda hali rassom mashhur bo‘lmagan. Oradan qariyb 100 yil o‘tib, muharrirning avlodlari kartinani auksionga qo‘ymoqda.

Foto: Lyon & Turnbull
Britaniyalik rassom Lourens Stiven Lourining The Guardian muharriri tomonidan 10 funt sterlingga xarid qilingan kartinasi auksionga qo‘yildi. Gazetaning yozishicha, lot qiymati 1 million funtni tashkil etishi mumkin.
O‘sha vaqtda hali taniqli bo‘lmagan rassomning ijodi 1926 yilda muharrir Artur Uolles e’tiborini tortgan. Jurnalistning nabirasi Kitning so‘zlariga ko‘ra, Going to the Mill kartinasini Lourining o‘zi Uollesga 10 funtga sotgan. Rassom juda yuqori narx belgilab yuborganini o‘ylab, Uollesga yana bitta kartinasini ham bergan.
Endi bo‘lsa muharrirning merosxo‘rlari polotoni sotishga qaror qildi: u may boshida Londondagi Lyon & Turnbull auksioni orqali sotuvga chiqariladi. Tasviriy san’at bo‘yicha mutaxassis Saymon Hakerning so‘zlariga ko‘ra, rassom Going to the Mill kartinasini ijodining dastlabki yillarida yaratgan. «Bu tegirmon va orqa tarafda dudbo‘ron, gumbazsimon tom, uning ortida esa derazalardan iborat devor — u bunday ko‘rinishni keyingi 30 yil davomida chizadi», — deydi Haker.
Kit Uollesning aytishicha, kartina onasining uyida osig‘liq turgan va 2013 yilga qadar «sug‘urtalanmagan». Shundan keyin 80 yil ichida birinchi marta u Britaniyaning Chichester shahridagi galereyada namoyishga qo‘yilgan.
Mavzuga oid

12:10 / 05.05.2025
Britaniya agentligi O‘zbekistonda yirik investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi

21:55 / 02.05.2025
Shahzoda Harriga Britaniyaga tashrifi davomida shaxsiy qo‘riqchilar ajratilmaydigan bo‘ldi

00:31 / 30.04.2025
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi

23:42 / 25.04.2025