AQSh qashshoq mamlakatlar uchun ilgari yopilgan bir nechta oziq-ovqat dasturlarini tiklaydi
Livan, Suriya, Somali, Iordaniya, Iroq va Ekvadorda Jahon oziq-ovqat dasturini (WFP) moliyalashtirish qayta tiklanadi. Afg‘oniston va Yamanda tiklanmaydi.

Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati yaqinda yopilgan oziq-ovqat yordami dasturining kamida oltitasini qayta tiklashga qaror qildi. Bu haqda Reuters vaziyatdan xabardor olti manbaga tayanib xabar berdi.
DOGE vakili, USAID ma’muriyati o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Jyeremi Levin xodimlarga xat yo‘llab, Livan, Suriya, Somali, Iordaniya, Iroq va Ekvadorda Jahon oziq-ovqat dasturini (WFP) moliyalashtirishni qayta tiklashni buyurgan. Bundan tashqari, u ilgari ishdan bo‘shatilgan xodimlarga xat yo‘llab, ishga qaytishni so‘ragan.
AQSh ma’muriyati, shuningdek, Tinch okeani mintaqasidagi Xalqaro Migratsiya Tashkilotining to‘rtta dasturini moliyalashtirishni qayta tikladi. Ilgari bekor qilingan yordamning bir qismini qayta tiklash qarori ma’muriyat va Kongress bosimi ostida qabul qilingan, dedi Reuters agentligiga ikki manba.
WFP 7 aprel kuni Qo‘shma Shtatlar 14 davlatga shoshilinch oziq-ovqat yordamini moliyalashtirishni to‘xtatganini ma’lum qildi. «Bu ochlik xavfi ostida qolgan millionlab odamlar uchun o‘lim jazosi bo‘lishi mumkin», dedi tashkilot.
Qayd etilishicha, hokimiyat tepasida «Tolibon» bo‘lgan Afg‘oniston va bir qismi Eronga yaqin husiylar harakati nazoratida bo‘lgan Yamanga ko‘rsatiladigan yordamni bekor qilish qarori o‘z kuchida qolmoqda. AQSh Davlat departamenti Jahon oziq-ovqat dasturining Afg‘oniston va Yamandagi mablag‘lari «Tolibon» va husiylarning pozitsiyasini mustahkamlashga yordam berayotganidan xavotir bildirdi.
Mavzuga oid

21:51 / 05.05.2025
AQShni o‘z xohishi bilan tark etadigan noqonuniy migrantlarga 1000 dollardan pul beriladi

21:12 / 05.05.2025
AQSh narkokartellarga qarshi kurashuvchi idoralararo tuzilmani tugatmoqda

15:55 / 05.05.2025
Tramp uchinchi muddat, tinchlik muzokaralari va savdo urushi oqibatlari haqida gapirdi

14:15 / 04.05.2025