Amerikaliklar Trampning bojlari sabab oziq-ovqat mahsulotlarini g‘amlashga kirishdi
AQSh aholisi bojlar tufayli narxlar keskin oshib ketishidan xavotirda. Shu bois ular uzoq muddat saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini shakllantirmoqda.

Foto: REUTERS
Ko‘plab amerikaliklar Donald Tramp tomonidan joriy etilgan import bojlari AQShda kundalik tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshishiga olib kelishidan xavotirda. Shu bois ular har ehtimolga qarshi o‘zlariga kerak bo‘lgan yoki kerak bo‘lib qoladigan tovarlarni to‘plash uchun do‘konlarga yugurishmoqda, deb yozadi The Independent.
The Foundation tadqiqot tashkilotining baholashicha, yangi bojlar amerikaliklarga yaqin o‘n yilda 3,1 trillion dollar zarar keltiradi. Va bu 2025 yilning o‘zida har bir uy xo‘jaligiga qo‘shimcha 2,1 ming dollar soliq solinishiga olib keladi. Yake Budget Lab tahlil markazining hisob-kitoblariga ko‘ra, Amerikadagi uy xo‘jaliklari 2026 yildan boshlab har yili 3,8 ming dollar ko‘proq pul sarflashni boshlaydi. Masalan, guruch narxi yaqin vaqtlarda 10,3 foizga, sabzavotlar esa 4 foizga qimmatlashishi mumkin.
Vahimaga tushayotgan ko‘plab istemolchilarning ta’kidlashicha, uzoq muddat saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlarini g‘amlab qo‘yish moliyaviy qiyinchiliklarni biroz yengillashtirishi mumkin. Shu bois iste’molchilar Costco, Walmart va boshqa do‘konlar tarmoqlaridan tish pastasi, sovun, suv, guruch, konservalar, zaytun yog‘i, sharbatlar, un, muzlatilgan pitssa va boshqa ko‘plab mahsulotlar xaridini oshirgan.
Consumer Technology Association prognozlariga ko‘ra, nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari, balki texnologik tovarlar, jumladan, smartfonlar, noutbuklar, o‘yin konsollari narxi ham sezilarli darajada qimmatlashadi.
Mavzuga oid

21:37 / 17.04.2025
Tramp Federal zaxira tizimi rahbarini iste’foga chiqarishga chaqirdi

17:01 / 17.04.2025
Tramp ma’muriyati Xitoyning DeepSeek chatbotini AQShda bloklash masalasini muhokama qilmoqda

12:46 / 17.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?

12:00 / 17.04.2025