O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasida vizasiz tartib joriy qilinishi mumkin
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 aprel kuni mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Vetnam milliy majlisi raisi Chan Txan Man boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Suhbat avvalida delegatsiya rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Vetnam Kommunistik partiyasi bosh kotibi To Lam, prezidenti Luong Kuong va bosh vaziri Fam Min Tinning salomini yetkazdi.
O‘zbekiston bilan Vetnam o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.
Hukumatlararo va idoralararo muloqotlarga tizimli tus berish zarurligi qayd etildi. Joriy yilda Xanoy shahrida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
Yangi loyihalarni ilgari surish uchun energetika, geologiya, neft-kimyo, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha kompleks dastur tayyorlashga kelishib olindi.
Madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuvlarni, shu jumladan vizasiz tartibni joriy qilish orqali rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Qo‘shma tashabbuslarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida parlamentlararo muloqotni faollashtirishga ahdlashib olindi.
Mavzuga oid

18:40 / 06.04.2025
AQSh ilk bor chet davlatning barcha fuqarolariga berilgan vizalarni bekor qildi

20:38 / 23.03.2025
Buyuk Britaniya turistik vizani rasmiylashtirish uchun yig‘imlarni oshiradi

17:12 / 14.03.2025
Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyoda yagona vizani joriy etishni taklif qildi

14:40 / 14.03.2025