Yandex Uzbekistan yangi Market marketpleysini ishga tushirdi
Loyiha O‘zbekistonda onlayn savdoni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, tadbirkorlar va xaridorlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Yandex Go Market keng assortimentdagi mahsulotlarni taqdim etadi va barcha foydalanuvchilar uchun qulay xarid imkonini yaratadi.

Foto: Yandex Uzbekistan
7 aprel kuni Yandex Uzbekistan yangi Market marketpleysini ishga tushirdi. Hozirda bu xizmat Yandex Go ilovasida mavjud bo‘lib, foydalanuvchilarga bir nechta yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Xizmatning o‘ziga xos xususiyatlari orasida “bir bosishda” yetkazib berish, bo‘lib to‘lash imkoniyati, shuningdek, Yandex Factory mahsulotlari taqdim etilishida.
Aynan hozirda Market Toshkent shahrida va qisman Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Market orqali buyurtmalar Yandex Go ilovasi yoki market.yandex.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Marketpleys elektronika, maishiy texnika, kiyim-kechak, go‘zallik vositalari kabi toifalardagi mahsulotlar sotiladi.
Shuningdek, Yandex Factory – kompaniyaning o‘z ishlab chiqarish yo‘nalishidagi mahsulotlar ham taqdim etilmoqda. Yandex Factory elektronika va maishiy texnikadan tortib, bolalar o‘yinchoqlariga qadar ishlab chiqaradi. Hozirda marketpleysda "Lunnen", "Commo", "Tuvio", "Pragma", "Junion", "Cubits" va "Nocord" brendlarining mahsulotlari mavjud.
Buyurtmalarni yetkazib berish MTP (mahsulotni tarqatish punktlari) yoki kurer orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, yangi "bir bosishda" yetkazib berish formati joriy etilgan bo‘lib, bu orqali foydalanuvchilar buyurtmalarini yaqin joylardan olish imkoniga ega.
Foydalanuvchilar buyurtmalarini Yandex Go ilovasi yoki market.yandex.uz sayti orqali amalga oshirib, bo‘lib to‘lash yoki to‘liq to‘lash imkoniyatlariga ega.
Market hozirda faqat Toshkent va qisman Toshkent viloyatida mavjud, kelgusi yillarda xizmatning geografiysini kengaytirish rejalashtirilgan.