O‘zbekiston | 15:00
872
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Sanoat hamkorligini mustahkamlash: O‘zbekistonda “INNOPROM. Markaziy Osiyo” yubiley ko‘rgazmasi

28-30 aprel kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-sanoat aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi noyob imkoniyat bo‘lgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” beshinchi yubiley xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

4 aprel, Toshkent – 28–30 aprel kunlari zamonaviy CAEx Uzbekistan ko‘rgazma maydonida “INNOPROM. Markaziy Osiyo” beshinchi yubiley xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir tashkilotchilari – Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.

Ko‘rgazma har yili sanoatning yetakchi soha vakillarini – mashinasozlik va metallurgiyadan tortib, IT-texnologiyalar va energetikagacha barchasini birlashtiradi. Bu yil ko‘rgazmada 400 dan ortiq kompaniya va 10 mingdan ziyod tashrif buyuruvchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Turkiya va boshqa davlat vakillari bor.

“INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasining maqsadi – sanoat hamkorligi va iqtisodiy sheriklikni kengaytirish, mintaqalar va davlatlar o‘rtasida muloqot o‘rnatish, o‘zaro manfaatli loyihalar sonini oshirish hamda umumiy manfaatlar nuqtalarini aniqlashdir.

Rossiyaning yirik biznes vakillari orasida “BSK”, “Gazprombank”, “Transmashxolding”, “1C”, “Rosatom” davlat korporatsiyasi, “Alfa-Bank”, “Transneft”, “Natsproyekstroy” GK, “KAMAZ”, kabi kompaniyalar o‘z innovatsion texnologiyalarini namoyish etadi. Shuningdek, “Kallitso Visio”, “DSK Texnologiyalar” MChJ, “Minimax – 94” AJ kabi tarmoq kompaniyalar ham o‘z ekspozitsiyalarini taqdim etadi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ko‘magida O‘zbekistonning yirik sanoat kompaniyalari ekspozitsiyalari jamoaviy stendda namoyish etiladi. 

Qizg‘iziston Respublikasi birinchi marta “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Bu mamlakatning sanoat salohiyatini yorqin namoyish etib, Rossiya va mintaqaning boshqa davlatlari bilan hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Mamlakat stendida sanoatning yirik vakillari bo‘lgan yetti kompaniya o‘z mahsulotlarini taqdim etadi. 

Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi sanoat hamkorligi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab hujjatlar: xalqaro shartnomalar, “yo‘l xaritalari” va mintaqalararo kelishuvlarda rasmiylashtirilgan. Dasturning asosiy qismida “Markaziy Osiyoda strategik sanoat hamkorligi: ilg‘or texnologiyalarga asoslangan integratsiya” nomli Bosh yalpi majlisi bo‘ladi. Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ishtirokidagi sessiyada tinglovchilarga davlatlararo shartnomalar amalda qanday ishlayotgani, bugungi kunda qanday yutuqlarni tasavvur qilish mumkinligi va qanday to‘siqlarni bartaraf etish zarurligi haqida ekspertlik bahosi beriladi. “O‘zbekistonga butun dunyodan investorlar va ishlab chiqaruvchilar e’tibor qaratmoqda. Bizning INNOPROM so‘nggi 5 yil ichida o‘sib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha biznesmenlar tomonidan tan olingan va qadrlangan muhim xalqaro platformaga aylandi. Har yili biz O‘zbekistonda yangi shartnomalar, yangi investitsiyalar va yangi ish o‘rinlarini olib kelamiz, ammo xalqimiz o‘rtasidagi do‘stlikni o‘lchab bo‘lmaydi: bizning munosabatlarimiz bebahodir”, - deydi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” dastur direktori Anton Atrashkin. 

“Yangi O‘zbekiston: innovatsion tadbirkorlik va yosh mutaxassislar” mavzusidagi Forsayt sessiyasi ko‘rgazma dasturining eng yorqin voqealaridan biri bo‘ladi. Uning ma’ruzachilari: dizayner Artemi Lebedev, fintech eksperti Shohida Ibragimova, IT PARK bosh direktori Abdulahad Quchqorov, Markaziy Osiyo universitetining rivojlanish bo‘yicha direktori Aleksey Semyonov, investor Bahrom Bahodirov va M Cosmetic kompaniyasi bosh direktori Sergey Irjavskiy.

2024 yilda ko‘rgazma ekspozitsiyasida Rossiya, O‘zbekiston, Belarus va Xitoydan 400 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etgan edi. Ular mashinasozlik, metallurgiya, axborot texnologiyalari, energetika yechimlari va boshqa sanoat tarmoqlarini namoyish etishgandi. Ko‘rgazmaning umumiy maydoni 14 ming kvadrat metrdan oshgandi. Rossiya ekspozitsiyasida 247 nafar ishtirokchi qatnashgandi. Rossiya Federatsiyasining 14 mintaqasi o‘zlarining jamoaviy stendlarini namoyish etdilar, yana 14 nafari hokimiyat rahbarlari ishtirokida delegatsiyalar yuborildi.

“INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun rasmiy tadbir saytida ro‘yxatdan o‘tish mumkin: https://tashkent.bigindustrialweek.com/ru/registration/visitor_usnsb?utm_source=kunuz&utm_medium=news&utm_campaign=tshk25

OAV vakillari quyidagi havola orqali akkreditatsiyadan o‘tishlari mumkin: https://tashkent.bigindustrialweek.com/ru/registration/press_euxbz

“INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining ishbilarmonlik dasturi: https://tashkent.bigindustrialweek.com/ru/business-program

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid