«Paxtakor» «So‘g‘diyona»ga ham yutqazdi, «Bunyodkor» birinchi o‘rinda
«Sherlar» jamoasi mavsum startidagi to‘rt o‘yindan uchtasida mag‘lubiyatga uchradi va turnir jadvalining ikkinchi qismida qolmoqda.

Foto: «So‘g‘diyona» klubi matbuot xizmati
4-6 aprel kunlari futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
«Buxoro» – «Bunyodkor» 0:2
Gollar: Frane Ikich 78 (avtogol), Bobur Yo‘ldoshev 87.
«Buxoro» : Abdullayev, Tomashevich, Chiryak (Fozilov, 67), Kolakovich, Ikich, Po‘latov, Yo‘ldoshev (Jo‘rabekov, 67), Ro‘ziyev, Xayrullayev, Norxonov (Qayumov, 81), Begich (Tupliyev, 53).
«Bunyodkor»: Abdunabiyev, Yo‘ldoshev, Rahimjonov (To‘lqinbekov, 84), Bugarin, Normurodov, Mali (Zevadinov, 89), Ashortia (Olimjonov, 72), Hamrobekov, Sroler (Yo‘ldoshev, 72), To‘raqulov (Amonov, 46), Kachorri.
Superliga 4-turini «Buxoro» va «Bunyodkor» uchrashuvi boshlab berdi. Toshkentda o‘tkazilgan, ammo buxoroliklar rasman mezbon sanalgan (jamoa stadioni mavsumga tayyor emas) o‘yinda «qaldirg‘ochlar» Frane Ikichning ikkinchi bo‘lim o‘rtalaridagi avtogoli va undan o‘n daqiqacha o‘tib Bobur Yo‘ldoshev urgan gol evaziga g‘alaba qozondi.
Bu natijadan so‘ng Ilyos Zeytullayev shogirdlari 10 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Beshinchi o‘rindagi buxoroliklar hisobida esa 6 ochko bor.
«Surxon» – «Qo‘qon-1912» 3:1
Gollar: Muhammadali Abdurahmonov 37, Diyor Ramazonov 90+3, Asadbek Karimov 90+7 – Muhammadanas Hasanov 74.
«Surxon»: Potapov, Hamidjonov, Ne’matxonov (Xo‘janiyozov, 79), Poyonov (Kolesnichenko, 59), Shaydulov, Jumayev (Karimov, 68), Shamsiyev, Abduxoliqov, Tursunov (Ramazonov, 68), Mirqodirov, Abdurahmonov (Haydarov, 59).
«Qo‘qon-1912»: Isoqov, Giorgadze, Toshtemirov, Salimov, Malikjonov (Jo‘raboyev, 66), Qosimov, Akramov, Hasanov, G‘ofurov, Beshimov, Xolto‘rayev (Kondratyuk, 34, Xayrullayev, 83).
Chetlatishlar: Husniddin G‘ofurov 52, Muhammadanas Hasanov 80 (ikkisi ham «Qo‘qon-1912»dan).
«Surxon» va «Qo‘qon-1912» uchrashuvida esa mezbonlar so‘nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga zafar quchdi.
Termizdagi bahsda dastlab Muhammadali Abdurahmonov hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Muhammadanas Hasanov qo‘qonliklarning hisobni tenglashtiruvchi goliga mualliflik qildi. Ammo qo‘qonliklar ikkinchi bo‘lim davomida to‘qqiz kishi bo‘lib qolishdi, o‘yinga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Diyor Ramazonov va Asadbek Karimov bittadan gol urib, mezbonlarning hisobdagi ustunligini ham ta’minladi.
«Neftchi» – «Navbahor» 3:2
Gollar: Toshmirzayev 48, Marushich 63, 72 (dubl) – Ahmedov 30, Jiyanov 49.
«Neftchi»: Suyunov, Aliboyev, Ismoilov, Yovovich, Iskanderov, Boltaboyev, G‘ofurov, Ubaydullayev, Marushich, Sayfiyev, Toshmirzayev.
«Navbahor»: Yo‘ldoshev, Ahmedov, Komilov, Teydi, Jiyanov, G‘ofurov, Pedro, Karpovich, Gedesh, Odilov, Igor Gabriel.
«Neftchi» mavsumdagi ilk g‘alabasini «Navbahor»ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritdi. Farg‘onadagi bahsda mezbonlarning gollarini Toshmirzayev va Marushich (dubl) kiritdi, mehmonlarning ikki goliga esa Ahmedov va Jiyanov mualliflik qildi.
Vitaliy Levchenko bungacha uch turda durang o‘ynagandi va endi 6 ochko bilan 7-o‘ringa joylashgan. Namanganliklar esa 5 ochko bilan 9-o‘ringa tushib ketdi.
«Sho‘rtan» – «Nasaf» 1:4
Gollar: Sirojiddin Qo‘ziyev 80 pen – Husayn Norchayev 5, Oybek Bozorov 26, Sharof Muhitdinov 70, 86.
«Sho‘rtan»: Eshbo‘tayev, Sultonmurodov, Qo‘ziyev, Mamasidiqov (Anvarov, 65), Sharipov (Ergashboyev, 46), Toshqo‘ziyev, Mannonov, Sadullayev (Narzullayev, 46), Piruhammadov, Saitxonov, Saydazimov (Nuriddinov, 46).
«Nasaf»: Ne’matov, Rahmatov, Mozgovoy, Abdirahmatov (G‘aybullayev, 73), Cheran, Muhitdinov (Xalilov, 88), Norchayev (Usmonov, 73), Kolovich (Siddiqov, 73), Golban, Bozorov (Kenjaboyev, 88), Eshmurodov
«Sho‘rtan» va «Nasaf» o‘rtasidagi Qashqadaryo derbisida «ajdarlar»ning qo‘li baland keldi.
Qarshida kechgan o‘yinda amaldagi chempionlar g‘uzorliklar darvozasiga to‘rtta to‘p kiritdi. Sharof Muhitdinov dubl qayd etgan bo‘lsa, Husayn Norchayev va Oybek Bozorov ham o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘ydi. «Sho‘rtan»ning yagola goli Sirojiddin Qo‘ziyev tomonidan penaltidan urildi.
Bu yirik g‘alabadan keyin qarshiliklar 8 ochko bilan uchinchi o‘ringa joylashgan, to‘rt turda birgina ochko olgan «Sho‘rtan» so‘nggi pog‘onada qolmoqda.
«Andijon» — «Mash’al» 1:0
Gol: Ilhom Abdug‘aniyev (7).
«Andijon»: Adhamov, Mamatkazin, G‘ulomov, Kreziu (Shoyqulov, 83), Abdug‘aniyev (Temirov, 68), Mashukov (Turdimurodov, 68), Sohibjonov (Ismonaliyev, 57), Doniyor Abdumannopov (Bektemir Abdumannonov, 57), Toirov, Zoteyev, Jurikovich.
«Mash’al» — To‘xtaboyev, Ochilov (Fayziyev, 46), Abdualimov, Baratov (Murodov, 46), G‘anixonov, Murtozayev (Norbekov, 82), Aliqulov, Rahmatullayev (Abduraimov, 62), Sharipov, Mamatxo‘jayev, Ismoilov.
O‘zbekiston chempionatining 4-turida «Andijon» o‘z maydonida «Mash’al»ni qabul qilib, Ilhom Abdug‘aniyevning tezkor goli evaziga mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi.
Andijonliklar mavsum startida «Qo‘qon-1912», «Nasaf» va «Navbahor» klublari bilan durang o‘ynagandi. Ilk g‘alabadan keyin Aleksandr Xomyakov jamoasi ochkolari sonini 6 taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarildi. Muborak klubi 3 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.
«So‘g‘diyona» — «Paxtakor» 2:0
Gollar: Lyupcho Doriyev (46), Luka Jorjyevich (51).
«So‘g‘diyona» — Mitrovich (Sobirov, 90), Jo‘raboyev, Qobilov, Ahadov, Mustafoqulov, Izzatov, Doriyev (Sindarov, 90), Qahramonov, Stanislav Andreyev (Soyibov 73), Jorjyevich (Mavlonqulov, 87), Sultonov (Ehsoni Panshanbe 73).
«Paxtakor» — Jonatan Luis, Alijonov, Abdullayev, Hamraliyev (Abdumajidov, 16), Umar Adhamzoda (Mahammadjonov, 56), Jonatan Lukka, Sobirxo‘jayev, O‘rinboyev (Jo‘raqo‘ziyev 56), Hamdamov (Resan 80), Flamarion, Igor Sergeyev.
Ogohlantirishlar: Qahramonov (24), Flamarion (24), Jo‘raboyev (45+5), Lukka (63).
Hafta o‘rtasida qoldirilgan o‘yinda «Mash’al» darvozasiga javobsiz beshta gol yo‘llab, turnir jadvalidagi holatini biroz yaxshilab olgan «Paxtakor» yana mag‘lubiyatga uchradi.
«So‘g‘diyona»ga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘lim boshida Doriyev va Jorjyevich tomonidan kiritilgan gollar o‘yin taqdirini hal qildi.
Bu Jizzax klubi uchun mavsumdagi ilk g‘alaba va ochkolar bo‘ldi. Startdagi to‘rt turda 3-mag‘lubiyatini qabul qilib olgan «Paxtakor» 10-pog‘onada qoldi. Toshkentliklar bungacha OKMK (0:2) va «Dinamo» (0:1) klublariga ham yutqazgandi.
OKMK — «Dinamo» 0:0
OKMK: Ilyosov, Rahmonov, Papava (Sarimsoqov, 70), O‘lmasaliyev (Sentoku, 61), Ahmadaliyev, G‘iyosov (Naoki Senaga, 78), Rustamov, To‘xtaxo‘jayev, Ahrorov, Ajak Riak (Abdurahmonov, 61), Abdurazzoqov (Sobirjonov, 61).
«Dinamo» — Yagudin, O‘rozov, Ratinio, Qodirqulov (O‘rmonjonov, 46), Mirahmadov, Hojimirzayev, A’loxo‘jayev, Fraydey (Xalilov, 70), Abdullayev, Abdurahmonov (Ibrohimov, 78), Stanoyevich.
Ogohlantirishlar: Abdurahmonov (7), A’loxo‘jayev (73), O‘rmonjonov (86).
4-turni peshqadam OKMK va o‘tgan turda sensatsion ravishda «Paxtakor»ni mag‘lubiyatga uchratgan, mavsum boshidan buyon darvozasidan gol o‘tkazmagan «Dinamo» uchrashuvi yakunlab berdi. Vadim Abramov boshchiligidagi samarqandliklar bu uchrashuvda ham darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Mavsumda ilk bor ochko yo‘qotgan Mirjalol Qosimov jamoasi ochkolari sonini 10 taga yetkazdi, ammo 1-o‘ringa qayta olmadi. To‘plar nisbatiga ko‘ra «Bunyodkor» karvonboshiga aylandi. «Dinamo» 8 ochko bilan 4-pog‘onada.
Turnir jadvalidagi vaziyat:
Mavzuga oid

12:32
Shomurodov «Roma»ni qutqardi, «Liverpul» yutqazdi. Kun o‘yinlari

12:41 / 06.04.2025
«Real» ham, «Barsa» ham chempionlik poygasida qoqildi. Kun o‘yinlari

11:23 / 02.04.2025
«Real» 8 gol urilgan o‘yinda finalga chiqdi, Saka qaytishini gol bilan nishonladi. Kun o‘yinlari

12:09 / 31.03.2025