Parijda Ruminiya qirollik uyi rahbari qo‘lga olindi
Qirol Karol II ning nabirasi Pavel-Filipp Gogensollern pul yuvish va korrupsiya kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.

Foto: Wikimedia
Fransiyada Ruminiya qiroli Karol II ning nabirasi, o‘zini rumin qirollik uyi rahbari deb e’lon qilgan Pavel-Filipp Gogensollern Umumevropa orderi asosida hibsga olindi.
Qayd etilishicha, Pavel-Filipp ko‘chmas mulk bilan bog‘liq firibgarlik, pul yuvish va korrupsiyada ayblanmoqda.
Ruminiya hukumati shahzodaning ekstraditsiya qilinishiga uchinchi marta urinmoqda. 2020 yilda Pavel-Filipp Gogensollern qirollik oilasiga tegishli ko‘chmas mulk bilan bog‘liq firibgarlik va korrupsiya uchun sirtdan qamoqqa hukm qilingan edi. Ammo o‘sha vaqtda Pavel-Filipp Fransiyada bo‘lgan va mamlakat hukumati uni ekstraditsiya qilishdan bosh tortgan.
Shahzoda Gogensollernni vataniga qaytarish yo‘lidagi ikkinchi urinish o‘tgan yili, u Maltaga borganida amalga oshirilgan. Biroq Malta sudi ham inson huquqlari va ayblanuvchining alohida maqomini e’tiborga olib, ekstraditsiyani rad etgan.
Pavel-Filipp Gogensollern o‘ziga nisbatan ta’qibni siyosiy deb hisoblaydi: u 2000 yilda o‘z nomzodini mamlakat prezidentligi lavozimiga ilgari surgan, biroq saylovlarda muvaffaqiyatga erishmagan edi.
Mavzuga oid

11:30
Ruminiya bosh vaziri prezidentlik saylovlaridan keyin iste’foga chiqdi

09:02 / 05.05.2025
Ruminiyadagi saylovlarning birinchi bosqichida o‘ta o‘ng siyosatchi g‘alaba qozondi

14:58 / 04.05.2025
Ruminiyada qayta prezidentlik saylovlari boshlandi

17:58 / 03.04.2025