Toshkentda Malibu kapotida YPX xodimini sudrab ketgan haydovchi qo‘lga olindi
Mirobod tumanida davlat raqami belgilarisiz harakatlangan Malibu YPX xodimi talabiga bo‘ysunmay, uni sudrab ketdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Toshkent shahrida YPX xodimlari qoidabuzar haydovchini kuch ishlatib to‘xtatgani tasvirlangan holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 5 aprel kuni soat 16:55 larda Mirobod tumani Nukus – Abdulla Qahhor ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi S.M. davlat raqam belgilari o‘zboshimchalik bilan yechilgan, maxsus antenna va «sirena» moslamasi o‘rnatilgan Malibu-2 rusumli avtomobilda katta tezlikda harakatlanib, o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan.
Shuningdek, haydovchi bir necha marotaba YPX xodimlarining to‘xtash ishoralariga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirgan. Haydovchi YPX xodimi yaqinlashayotganini ko‘rib tursa-da, to‘xtamagan va uni avtomobili bilan turtib yuborib, Nukus ko‘chasi bo‘ylab kapot ustida sudrab ketgan.
Xodim tan jarohati olgani sababli shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mashina boshqaruvida bo‘lgan fuqaro o‘zining ishsiz ekani, transport vositasini ijaraga olganini ma’lum qilgan. «Yoshlik qildim, [YPX xodimi] kapotdan tushib qoladi deb o‘yladim», — deydi haydovchi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar Mirobod tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

15:09 / 23.02.2025
Qashqadaryoda ma’muriy jarimadan jahli chiqqan haydovchi YPX mashinasining oynalarini sindirdi

10:06 / 18.11.2024
Shota Rustaveli ko‘chasida Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga borib urildi

09:33 / 29.07.2024
Malibu’da yosh bolaning umriga zomin bo‘lgan namanganlik haydovchi ochiqda qolmoqda. Yolg‘iz o‘g‘lidan ayrilgan ona tergovdan norozi

17:42 / 11.05.2024