Rossiya Kriviy Rihga raketa zarbasi yo‘lladi – fotolar
19 kishi halok bo‘lgan, shundan to‘qqiz nafari bolalar. RF mudofaa vazirligi ukrain harbiylari to‘plangan restoranga «yuqori aniqlikdagi zarba» yo‘llanganini xabar qilgan.
RF qurolli kuchlari 4 aprel kuni kechqurun Kriviy Rih bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Zarba turar joy kvartaliga to‘g‘ri kelgan va ko‘plab qurbonlarga sabab bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zarba oqibatida halok bo‘lganlar soni 19 nafarni tashkil etmoqda. 5 aprel kuni Kriviy Rih mudofaa kengashi rahbari Oleksandr Vilkul qurbonlarning deyarli yarmi – bolalar bo‘lganini aytdi. Yana 68 kishi jarohatlangan, shundan 40 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, 34 ta ko‘p kvartirali uy, oltita o‘quv binosi, do‘konlar, umumiy ovqatlanish joyi hamda boshqa fuqarolik infratuzilma obektlari shikastlangan. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya maksimal zarar yetkazish uchun kassetali o‘q-dorilarga ega «Iskander M» raketasini qo‘llagan. RF mudofaa vazirligi esa, o‘z navbatida, Kriviy Rihdagi restoranlardan birida yig‘ilgan ukrainalik harbiylar ustiga «yuqori aniqlikdagi zarba» berilganini xabar qilgan.
Kriviy Rigga qilingan hujumni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy izohladi. «Rossiya har kuni zarba beradi. Har kuni odamlar halok bo‘lmoqda. Buning davom etishiga birgina sabab bor: Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishni istamayapti va biz buni ko‘rib turibmiz. Buni butun dunyo ko‘rib turibdi. Har bir raketa, har bir hujumkor dron Rossiya faqat urushni xohlashini isbotlaydi», — deb yozgan Zelenskiy. Bir kun avval ham Rossiyaning ushbu shaharga bergan raketa zarbasi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan, yana 14 kishi yaralangandi.

Dnipropetrovsk ma’muriyati rahbari Sergeya Lisakning Telegram-kanali / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina FVDX / EPA / Scanpix / LETA

Na Chasi media / AP / Scanpix / LETA

Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA

Dnipropetrovsk ma’muriyati rahbari Sergeya Lisakning Telegram-kanali

Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA

Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA

Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA

Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA

Reuters / Scanpix / LETA

Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid

17:59 / 06.04.2025
Kiyev raketalar hujumiga uchradi

21:08 / 05.04.2025
Ukraina hukumati AQSh bilan yer qa’ri bo‘yicha kelishuv loyihasining sizib chiqishini tekshiradi

21:01 / 04.04.2025
Kiyev NATOga qo‘shilmaslik talabini qabul qilmasligini aytmoqda

18:47 / 04.04.2025