Uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga jazo tayinlandi
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga sud hukmi o‘qildi.
“Millar” dasturida ma’lum qilinishicha, Qamashi tumanida yashovchi ayol o‘zining ilk marotaba dunyoga keltirgan qiz chaqalog‘ini Qarshi shahrida yashovchi ikki nafar ayolga sotmoqchi bo‘lgan. Buning evaziga ulardan 60 mln so‘m pul talab qilgan.
U 50 mln so‘m va 800 dollarni mashina ichida olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan.
Sud hukmi bilan u 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Uning qiz farzandi esa viloyat bolalar uyiga topshirilishi belgilandi.
Mavzuga oid

09:24 / 18.06.2025
Chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayolga hukm o‘qildi

18:54 / 05.05.2025
Samarqandda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi

07:42 / 02.05.2025
BMT: Isroil blokadasi tufayli G‘azodagi chaqaloqlarning 92 foizi asosiy oziq-ovqatdan mahrum

17:07 / 03.03.2025