Sog‘lom umrni uzaytirishning to‘rt asosiy usuli aytildi
Uzoq va sog‘lom yashashning to‘rt tayanch omili bu - kasalliklarni erta aniqlash, yurak-qon tomir va metabolik salomatlikni yaxshilash, yallig‘lanishlarga qarshi kurash hamda kognitiv va jismoniy bardoshni saqlash hisoblanadi.

Foto: rbc.ua
Bu haqda WellnessPulse nashriga amerikalik immunolog va oilaviy shifokor doktor Helen Messyye ma’lum qildi.
Tabibning tushuntirishicha, sog‘lom umrni uzaytirish uchun muntazam ravishda qon bosimi, qondagi shakar va xolesterin miqdori, og‘irlik va bel aylanasini kuzatib borish kerak. Ushbu ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlar turli patologiyalarning ilk belgilarini o‘z vaqtida aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, shifokor muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish muhimligini ta’kidladi.
«Eng muhim kundalik odatlar — bu har kunlik jismoniy faollik, sifatli uyqu, to‘yintiruvchi ovqatlanish, stressni nazorat qilish va doimiy muloqot. Bu salomatlikka doir barcha sohalardagi izchillik uzoq muddatda yig‘iladigan ijobiy ta’sirga ega», — deb tushuntirdi shifokor.
Ma’lum qilinishicha, to‘g‘ri ovqatlanish antioksidantlar mavjud bo‘lgan mahsulotlarni ratsionga qo‘shishni talab qiladi. Antioksidantlar — bu tananing hujayralarini faol kislorod shakllari va yallig‘lanishdan himoya qiluvchi tabiiy moddalardir. Ularning manbalari — choy, qahva, mevalar, sabzavotlar, kakao mahsulotlari, shuningdek, foydali yog‘lar — baliq va yong‘oqlardir.
Jismoniy faollik va bardoshni saqlash, yurak xastaliklari, semirish va qandli diabetning oldini olish uchun kuch mashqlari, piyoda yurish, velosiped haydash va suzish tavsiya etiladi. Qo‘shimcha ravishda yoga mashg‘ulotlari esa insonning egiluvchanlik va muvozanat qobiliyatini rivojlantiradi. Bu xususan keksa yoshdagilar uchun muhim, chunki aynan shu fazilatlar yiqilish va suyakni sindirib olish xavfini kamaytiradi.
Mavzuga oid

20:05 / 22.12.2024
“Chekmasligingiz tamaki tutuni zararidan xavfsiz ekaningizni anglatmaydi” – pulmonolog Davronbek Tursunov

20:23 / 23.11.2024
Qo‘rqinchli filmlar immunitetni mustahkamlashga yordam beradi - tadqiqot

15:28 / 07.10.2024
Olimlar infeksiyadan so‘ng immunitet pasayishiga sabab bo‘ladigan mexanizmni o‘rgandi

09:38 / 22.08.2024