Pavel Durov Telegram’da virtual g‘ishtlar sotish ortidan 100 mln rubl ishlab oldi
1 aprel munosabati bilan sotuvga chiqarilgan virtual g‘ishtlar yarim soat ichida sotilib ketdi.

Foto: Gazeta.ru
Pavel Durovning Telegram messenjeri 1 aprel munosabati bilan sotuvga chiqarilgan virtual g‘ishtlar ortidan yarim soat ichida qariyb 100 million rubl ishlab oldi. Bunga telekommunikatsiya, IT, elektronika, kiberxavfsizlik va media sohasidagi yangiliklarga ixtisoslashgan «Seti i signali» nashri e’tibor qaratdi.
Eksklyuziv sovg‘alar savdosi 1 aprel kuni Moskva vaqti bilan soat 01:57 da boshlangan va soat 02:32 da 7 mingta nusxadan iborat butun partiya to‘liq sotib olingan. Bu kabi sovg‘aning har birini qiymati 5 mingta yulduzni tashkil etgan: iPhone foydalanuvchilari uni 13 ming 690 rublga, Android qurilamalari egalari esa 8 229 rubga sotib olishi mumkin edi. Shu orqali Telegram mazkur aksiya orqali 58 milliondan 95,8 million rublgacha pul ishladi. «1APR» yozuvi tushirilgan sovg‘a egalari uni o‘z profillariga biriktirib qo‘yishlari, auksionga qo‘yishi yoki yulduzchalarga almashishi mumkin edi.
Bu Telegramʼning virtual sovg‘alarni muvaffaqiyatli monetizatsiya qilishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. 14 fevralda messenjerda 2 mingta raqamli «yurakcha»larning har biri 10 ming yulduzcha evaziga sotilgan edi. Keyinroq Durovning o‘zi butun partiya olti daqiqa ichida sotilib, Telegramʼga 400 ming dollarga yaqin foyda olib kelganini bildirgandi.
NFT-sovg‘alar 2022 yil oxirida Telegram ekotizimining bir qismiga aylangan — o‘shanda mustaqil dasturchilar jamoasi The Open Network blokcheynida TON Gids servisini ishga tushirgandi. Ushbu qadam messenjerning raqamli iqtisodiyoti rivojida yangi bosqichga aylanib, foydalanuvchilarga o‘ziga xos virtual buyumlarni almashish imkoniyatini taqdim etgan.
2024 yil 5 oktyabrdan Telegram sovg‘alarni Stars (yulduzlar) — platformaning ichki valutasi evaziga yuborish imkoniyatini rasman joriy etgandi. Bu messenjer funksionalligini kengaytirib, monetizatsiya uchun yangi istiqbollarni ochgan edi.
Mavzuga oid

17:47 / 26.03.2025
Ilon Maskning Grok neyrotarmog‘i Telegram'ga integratsiya qilindi

21:04 / 19.03.2025
Pavel Durov: Telegramʼning doimiy foydalanuvchilari soni 1 milliarddan oshdi

16:39 / 17.03.2025
Parijdagi «tutqunlik»dan so‘ng Pavel Durov Dubayga qaytdi

20:35 / 15.03.2025