Maktablarni to‘liq 5 kunlik o‘qish va ish rejimiga o‘tkazish taklif qilinmoqda
Murojaat “Mening fikrim” portaliga o‘tgan yili oktyabr oyida qo‘yilgan. Fuqaro umumiy o‘rta ta’lim maktablarini 5 kunlik dars berish va ishlash rejimiga o‘tkazish orqali ustozlar haftasiga 2 kun dam olishini, bu bilan ish unumi va sifati oshishini bildirgan.

Foto: Fotolia
Tarmoqlarda 2024 yil 23 oktyabrda “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga joylashtirilgan petitsiya muhokamasi ketmoqda. Unga ko‘ra, Ne’matilla Nabiyev ismli shaxs maktablarni to‘liq 5 kunlik o‘qitish va ishlash tizimiga o‘tishini so‘ragan.
“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida barcha o‘quvchilarni 5 kunlik ta’lim olish dasturiga o‘tkazish. Pedagog xodimlarga ham 5 kunlik ish tizimiga o‘tkazilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ustozlar ham bemalol haftasiga 2 kun dam olsa, ish unumi va sifati oshadi deb o‘ylayman”, – deyiladi uning petitsiyasi izohida.
Hozircha ushbu petitsiyaga jami 3584 ta ovoz berilgan, shundan 3562 tasi yoqlab, qolgan 22 tasi esa qarshi.
Ma’lumot uchun, “Mening fikrim” portaliga joylangan har bir petitsiyaga yetarlicha ovoz berilsa, uni parlament ko‘rib chiqishi mumkin. Oliy Majlis palatalari petitsiyani ko‘rib chiqishga qabul qilishi uchun murojaat kamida 10 ming ovoz, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari ko‘rib chiqishi uchun kamida 5000 ovoz, tuman (shahar) kengashlari ko‘rib chiqishi uchun kamida 1000 ovoz to‘plash kerak bo‘ladi.
Umumiy ovoz berish petitsiya e’lon qilingan kundan e’tiboran 90 kun ichida o‘tkaziladi. Murojaat zarur miqdorda ovoz to‘plagan taqdirda ovoz berish muddatidan oldin to‘xtatilishi ham mumkin.
Petitsiyani ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilinib, “Mening fikrim” saytiga joylashtiriladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddati 60 kundan oshmasligi kerak.
Mavzuga oid

18:13 / 31.03.2025
Qarshi shahrida o‘zbek-nemis qo‘shma maktabi tashkil etiladi

10:32 / 28.03.2025
Toshkentda 4 ta maktabning futbol maydonini ijaraga olib bermoqchi bo‘lgan bog‘cha rahbari ushlandi

19:04 / 25.03.2025
“Tashabbusli budjet”dan ham umidini uzayotgan mahalla: Shahrixondagi maktab qachon ta’mirlanadi?

10:32 / 24.03.2025