Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Islomjon Muhammadjonov Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filialida tahsil oladi. U pul yig‘ib “konteyner” sotib olib, ta’mirlab, aynan uning ichida o‘quv markazi ochdi va qishloq yoshlarini zamonaviy kasblarga bepul o‘qitishni yo‘lga qo‘ydi. “Konteyner sotib olishga oldim-u, muammo ana undan keyin boshlandi. Qayerga joylashtirishni bilmasdim, hammasi ortda qolib, ishimiz yurishib ketdi, kichik bo‘lsa-da muvafaqqiyatga erishib kelmoqdamiz”, – deydi u.
Islomjon Muhammadjonov Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filialida tahsil oladi. U pul yig‘ib “konteyner” sotib olib, ta’mirlab, aynan uning ichida o‘quv markazi ochdi va qishloq yoshlarini zamonaviy kasblarga bepul o‘qitishni yo‘lga qo‘ydi. “Konteyner sotib olishga oldim-u, muammo ana undan keyin boshlandi. Qayerga joylashtirishni bilmasdim, hammasi ortda qolib, ishimiz yurishib ketdi, kichik bo‘lsa-da muvafaqqiyatga erishib kelmoqdamiz”, – deydi u.
24 yoshli Islomjon Muhammadjonov Farg‘ona tumani Vodil qishlog‘idagi “Obod” MFYda yoshlar yetakchisi. U shu mahallada “Obod ta’lim” o‘quv markazini tashkil etdi.
“Eng katta maqsadlarimdan biri amalga oshdi. Bundan mamnunman. Kichik bir konteyner ichida mahalla yoshlarini zamonaviy kasblarga bepul o‘qitib kelmoqdaman.
Avvaliga jamg‘arib qo‘ygan 18 million so‘m pulimga konteyner sotib oldim. Lekin uni qayerga joylashtirishni bilmay boshim qotdi. Chunki ko‘p joylar egallab bo‘lingan ekan.

Hozirgi o‘rnida ham kimdir (maktab yonida bo‘lgani uchun) do‘kon qurishni maqsad qilib, joyni egallab qo‘ygan ekan.
Xullas muammolar ortda qolib, konteynerni maktab yoniga amallab joylashtirdik. Otam va pochcham usta. Ularning o‘zi o‘quv markazimni dars o‘tsa bo‘ladigan darajada ta’mirlab berishdi. Aks holda ta’mirlashga ham ancha mablag‘ ketib qolardi. O‘quv markazini ochib, uni kompyuter jamlanmalari bilan ta’minladim. Eng asosiysi esa mahalla yoshlarini bepul o‘qitishni yo‘lga qo‘ydik.
Ayni vaqtda yoshlar mobilografiya, grafik dizayner, veb dizayn, kompyuter savodxonligi, ingliz tilidan dars olishmoqda. Quvonarlisi, o‘quv markazimizda ta’lim olayotgan yoshlar bugun shaxsiy daromad topishga kirishdi. Hayotda o‘z yo‘llarini topishyapti.
To‘g‘risini aytsam, konteyner g‘oyasi bilan bir yarim yil yashaganman. Joy qidirib bormagan idora-yu, iltimos qilmagan tashkilot qolmadi hisob. Joy bersak o‘quv markazi emas, do‘kon ochvoladi deb qo‘rqishgan ham. Konteynerni o‘quv markazi qilishimiz tepadagilarning hayoliga ham kelmagan edi.
Konteynerning eni atigi 2.5, uzunligi 13 metr. To‘g‘ri, markaz juda tor ko‘rinishi mumkin, lekin bu dargohda ko‘plab yoshlar bepulga ta’lim olishyapti. Daromad ham topishyapti.
IT sohasida davlat tashkilotida ishlashimdan tashqari shaxsiy daromadlarim bor. Xususiy korxonalar bilan hamkorlikda ishlash va maxsus platformalarga tayyorlagan grafik dizaynlarni joylab sotish ortidan ham daromad olaman”, – deydi Islomjon Muhammadjonov.
Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Operator va montajchi – Sardor Mamirov.
Mavzuga oid

10:00 / 02.03.2025
Qir odami: oqbilollik revizor

18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?

17:35 / 02.12.2024
So‘rovnoma: Uyni isitishga necha pul sarflaysiz?

16:02 / 29.11.2024