Fuqarolarning hujjatsiz uy-joylarga nisbatan huquqlarini e’tirof etish boshlandi
Bu borada birinchi bo‘lib Jondor tumanidagi besh nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan huquqlarini e’tirof etish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Foto: Adliya vazirligi
1 aprel kuni O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Jondor tumanidagi 5 nafar fuqaroning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan huquqlarini e’tirof etish bo‘yicha xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Kadastr agentligi.
Qayd etilishicha, ushbu qaror Jondor tuman hokimi, Buxoro viloyati adliya boshqarmasi hamda Kadastr agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi rahbariyati tomonidan o‘z egalariga tantanali ravishda topshirilgan.
Qonun bilan fuqarolar va tadbirkorlarning mulkka bo‘lgan huquqlari tan olinadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi.
Shuningdek, aholining ijtimoiy muammolari (doimiy ro‘yxatga qo‘yish, moddiy yordam olish, maktab, bog‘chaga joylashtirish) hamda bino va inshootlarni kommunal tarmoqlarga ulash bo‘yicha masalalar hal bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, qonun ijrosi doimiy nazoratga olingan bo‘lib, respublikaning barcha hududlarida reja-grafik asosida huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha mahalliy Kengashlarning qarorlari qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirgan edi. Ushbu qonun bilan millionlab o‘zbekistonliklarning kadastr hujjatlari yo‘q yer uchastkalari va ularda qurilgan binolarga bo‘lgan huquqlari tan olinadi. Mazkur qonun asosida yer uchastkalari e’tirof qilinishi mumkin bo‘lgan millionlab fuqarolar bor. Shu sababli jarayon 2028 yil 1 yanvargacha davom etishi belgilangan.
Mavzuga oid

18:36 / 31.03.2025
Buxorodagi xususiy bog‘chada 1,5 yoshli bola tok urishidan vafot etdi

10:55 / 27.03.2025
Davlat zaxirasidagi 2 gektar yerni 100 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

17:35 / 10.03.2025
Buxoroda prokurorning katta yordamchisi 2,5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

23:33 / 06.03.2025