Central Park' da Ramazon hayiti: shodlik va unutilmas taassurotlarga boy 3 kun!
Toshkentning markazida joylashgan Central Park sizni Ramazon hayiti bayramini unutilmas tarzda nishonlashga taklif etadi!

Foto: Central Park
29 martdan 31 martgacha Toshkentning eng sevimli bog‘laridan biri – Central Park shahar aholisi va mehmonlarini muqaddas Ramazon hayiti bayramini quvonch, xursandchilik va oilaviy bayram muhitida nishonlashga taklif etadi!
Sizni uch kun davomida yorqin dastur kutmoqda:
• "Raqamli sirk" va "Bahor pufakchalari" animatorlaridan quvnoq shoular;
• Hayajonli kvestlar;
• Bolalar uchun master-klasslar;
• Hunarmandlar yarmarkasi;
• "Koinotdagi sayohat" kosmik shousi;
• DJ King Macarella’ning jo‘shqin chiqishi;
• Barcha sevuvchi Tohir Sodiqovning ajoyib konserti.
Ramazon hayitini quvnoq, yorqin va unutilmas tarzda birga kutib olish uchun butun oilangiz bilan tashrif buyuring!
O‘tkaziladigan joy va sana: 29-31 mart kunlari Central Park, Toshkent
Kirish bepul
Reklama huquqi asosida