40 metrli quduq tubida qolib ketgan fuqaro qutqarildi
Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida 40 metrli quduqqa tushib qolib ketgan fuqaro qutqarildi.

Foto: Videodan kadr
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qilishicha, Farg‘ona tumani, Sohibkor ko‘chasidagi uylarning hovlisida chuqurligi 40 metr bo‘lgan quduqda ishlayotgan, 1977 yilda tug‘ilgan X.D. o‘zining shaxsiy elektr libyotkasi ishlamay qolishi oqibatida quduq tubida qolib ketgan.
Shundan keyin zudlik bilan FVBga yordam so‘rab murojaat qilingan. Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan.
Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida fuqaro qutqarib qolingan. Tan jarohati olmagan. Tez tibbiy yordam ko‘rsatilmagan, salomatligi yaxshi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

15:52 / 16.05.2025
Andijonda 7 yoshli bola chuqurligi 40 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketdi

17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti

13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti

17:21 / 28.04.2025