O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish boshlandi
Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalardagi qamishzorlar rejali tartibda yoqilmoqda. Surxondaryo hokimligi fuqarolarni ortiqcha vahimaga berilmaslikka chaqirdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
O‘zbekiston va Afg‘oniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur tadbir zararli hasharotlar ko‘payishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida mutasaddi idoralarning ruxsati va mas’ul organlarning o‘zaro kelishuvi asosida olib borilmoqda. Yong‘in harakatlari va ularning ko‘lami to‘liq nazorat qilinmoqda.
«Ushbu tadbir belgilangan rejaga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya etgan holda amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz», — deyiladi xabarda.
Viloyat hokimligi fuqarolardan vaziyat bo‘yicha ortiqcha vahimaga berilmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa aholi o‘rtasida vahima keltirib chiqaruvchi asoslanmagan axborot tarqatmaslikni so‘radi.
Mavzuga oid

10:47
Prezident yana bir bor Ukraina, Yaqin Sharq va Afg‘oniston masalasiga e’tibor qaratdi

13:53 / 05.04.2025
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Rossiya elchisi bilan uchrashdi

14:12 / 04.04.2025
«Dunyo Afg‘oniston hududidan kelayotgan tahdidlarga yetarlicha baho bermayapti» - Shavkat Mirziyoyev

18:19 / 31.03.2025