Fuji tog‘iga chiqish to‘liq pulli bo‘ldi
Turistlar endi Yaponiyadagi Fuji tog‘iga chiqish uchun 27 dollar to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Foto: AP
May oyidan boshlab Sidzuoka prefekturasidagi uchta mashhur yo‘nalish bo‘ylab Fuji tog‘iga chiqish uchun turistlar 4 ming iyena (27 dollar) to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. Kyodo agentligining ma’lum qilishicha, Yaponiya ramzi bo‘lgan tog‘ga chiqishni pulli qilish to‘g‘risida qaror 17 mart kuni prefektura hukumati tomonidan qabul qilingan.
O‘tgan yili yoz mavsumida Yamanasi prefekturasi ham Fuji tog‘iga chiqishni pulli qilgan edi, joriy mavsumda esa to‘lovlarni ikki barobarga — 4 ming iyenagacha oshirdi.
Fuji tog‘iga chiqish uchun to‘lov bilan bir qatorda, Sidzuoka hukumati bir qator cheklovlarni ham joriy etdi. Xususan, yangi mavsumdan — 2025 yil 1 iyuldan boshlab tog‘dagi bazada joy band qilmaganlar soat 14:00 va 03:00 oralig‘ida unga ko‘tarilishi mumkin emas. Ushbu chora «tezkor ko‘tarilish» holatlarining oldini olishga qaratilgan. Bunday holatda turistlar yo‘lda dam olmasdan, tunda cho‘qqiga chiqishga harakat qiladi, bu esa xavfli hisoblanadi.
Fuji tog‘iga chiqish uchun ruxsatnomalar savdosidan tushgan mablag‘ prefektura tomonidan yo‘llardagi xavfsizlik choralarini kuchaytirish va xodimlar ish haqini to‘lashga yo‘naltiriladi. Hukumat rejasiga ko‘ra, to‘lov va cheklovlar joriy etilishi tog‘ga chiqmoqchi bo‘lgan sayyohlar sonining haddan tashqari ko‘payishi muammosini hal qilishi kerak.
Ta’kidlanishicha, haddan tashqari ko‘p sayyoh oqimi mintaqa ekologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘tgan yili turli yo‘nalishlar bo‘ylab 3 776 metr balandlikdagi Fuji tog‘iga 204 mingdan ortiq kishi ko‘tarilgan.
Ma’lumot uchun, sayyoradagi eng go‘zal vulqon tog‘laridan biri sanaluvchi, deyarli ideal konus shaklidagi Fudziyamada oxirgi marta bundan 300 yilcha oldin vulqon otilgan. Olimlar vulqon yaqin vaqt ichida uyg‘onmasligini ishonch bilan ta’kidlashadi. Fujiga har yili tashrif buyuradigan sayyohlarning 30 foizi – xorijliklardir.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Malibu kapotida YPX xodimini sudrab ketgan haydovchi qo‘lga olindi
Jamiyat | 16:55
-
Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan uch kishi qutqarildi
Jamiyat | 16:35
-
Eron sanksiyalar bekor qilinishi evaziga yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyor
Jahon | 16:01
-
Isroil G‘azoda tibbiyot xodimlari otib tashlanganini tan oldi
Jahon | 15:29
Mavzuga oid

18:24 / 05.04.2025
Yaponiyada tog‘larga chiqa oladigan robot-ot taqdim etildi

20:21 / 03.04.2025
Yaponiyada sho‘rvadan kemiruvchi chiqqani tufayli salkam 2 mingta restoran vaqtincha yopildi

21:50 / 31.03.2025
Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya AQSh bojlariga qo‘shma javob tayyorlamoqda

20:51 / 28.03.2025