Nukusda propan gaz tashuvchi yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
YTH haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yuz bergan. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.

Foto: Videodan kadr
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Nukus shahrida yuk mashinasi bilan yuz bergan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 14 mart kuni soat 03:05 da Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri M.Nurmuhammedov ko‘chasida MAN rusumli propan gaz tashuvchi yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv anjomlari yordamida tezkorlik bilan ko‘rilgan choralar tufayli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatning oldi olingan.
«Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Angren va Zominda yuk mashinalari yonib ketgani, Jizzaxda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Matiz haydovchisi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

10:13 / 02.07.2025
“Va’da qilgan tovon pulini bermay yurishibdi” - Farg‘onadagi portlashda to‘rt jigarini yo‘qotgan aya

21:58 / 30.06.2025
Farg‘onada portlagan propan shoxobchasi rahbari sudda qanday ko‘rsatma bergan?

19:05 / 30.06.2025
Farg‘onadagi portlash ishi: AGTS rahbari 5 yilga qamaldi

21:51 / 25.06.2025