Jizzaxga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
Jizzax shahri uchun Xitoydan Zhongtong avtobusi keltirildi. Yil yakuniga qadar yana 60 ta avtobus olib kelish rejalashtirilgan.

Foto: Transport vazirligi
Aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida zamonaviy Jizzax shahri uchun 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xitoyda ishlab chiqarilgan 30 dona Zhongtong avtobusi viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Jizzax orient trans” XK tomonidan olib kelingan.
Ushbu avtobuslar Jizzax shahridagi uchta yangi yo‘nalishga brutto shartnomasi asosida joylashtirilishi rejalashtirilgan.
- 107-sonli Zilol MFY — Nurafshon MFY yo‘nalishi;
- 110-sonli So‘g‘diyona MFY — Uchariq MFY yo‘nalishi;
- 113-sonli Jizzax AShB — Tovar XAB yo‘nalishi.
Ta’kidlanishicha, 2025 yil yakuniga qadar viloyatga yana 60 ta avtobus olib kelish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabrida Transport vazirligi Samarqand shahriga noyabr oyida rejalashtirilgan 30 ta elektrobuslarning 8 tasi olib kelingani, yil yakuniga qadar yana 64 ta elektrobus keltirilishini ma’lum qilgan edi. Joriy yil fevralda esa Toshkentga 1000 ta Yutong avtobuslari olib kelinishi mumkinligi aytilgandi.
Mavzuga oid

08:56 / 02.04.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgaradi

17:01 / 28.03.2025
Jizzaxda haydovchi yoqilg‘i baki qopqog‘ini yopmagani uchun zapravka xodimini kaltakladi

12:04 / 28.03.2025
Jizzaxda 4 baliqchi hayvonot dunyosiga qariyb 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazdi

23:43 / 27.03.2025