Farg‘ona aeroportida Rossiya samolyotining g‘ildiragi chiqib ketdi
Aeroport bir necha soatga yopildi, Boeing 737 samolyoti parvozdan chetlatildi.

Foto: Aviatorshchina
12 mart kuni Farg‘ona xalqaro aeroportida Novosibirskdan S7-5561 reysi bilan uchgan S7 Airlines (Rossiya) aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagida qolib ketdi. Bu haqda «Aviatorshchina» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, samolyot qo‘ngandan so‘ng, uchish-qo‘nish yo‘lagida harakatlanayotganda o‘ng asosiy shassidagi tashqi g‘ildirak chiqib ketgan. Kema komandiri samolyotni to‘xtatib, muhandis-texnik xodimlarni chaqirgan. Samolyotni ko‘zdan kechirish chog‘ida g‘ildirakni ushlab turuvchi murvatlardan bir qanchasi yetishmayotgani aniqlangan.

Shundan so‘ng, yo‘lovchilar uchish-qo‘nish yo‘lagiga tushirilib, yuklari bilan birga aeroport terminaliga yetkazilgan. Boeing 737 samolyoti parvozdan chetlatilgan va bir necha soatdan keyin perronga olib borilgan.
Ta’kidlanishicha, Farg‘ona aeroporti yagona uchish-qo‘nish yo‘lagi to‘silib qolgani sababli vaqtincha yopilgan. Shu sababli Vnukovodan Farg‘onaga parvoz qilgan Utair aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti Toshkent aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgan.
S7 aviakompaniyasi O‘zbekistondan qaytish parvozini amalga oshirish uchun Novosibirskdan zaxiradagi samolyotni yuborgani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid

09:22
Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

08:00 / 02.06.2025
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi

07:40 / 31.05.2025
Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilarning savdoga chiqarilishi oldi olindi

18:37 / 29.05.2025