Toshkentdagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi
Matbuotchilar ko‘chasida joylashgan savdo majmuasida yong‘in qayd etilgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 01:24 da yetib borib, yong‘in soat 01:35 da o‘chirilgan.

Foto: FVB
10 mart kuni soat 01:20 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, Matbuotchilar ko‘chasida joylashgan savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 01:24 da yetib borib, yong‘in soat 01:35 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
"Hurmatli fuqarolar, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sizlardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘rab qoladi", deyiladi poytaxt FVB xabarida.
Mavzuga oid

15:58 / 18.04.2025
Toshkentda erkak o‘zaro kelishmovchilik ortidan tanishining Teslaʼsini yoqib yubordi

19:12 / 17.04.2025
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi

01:32 / 16.04.2025
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

08:12 / 14.04.2025