Toshkentda 4 ta avtomobil o‘zaro to‘qnashdi
Shahrisabz-Taras Shevchenko ko‘chalari chorrahasida Spark, Epica, BYD va Nexia-2 ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Spark haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
2025 yilning 7 mart kuni soat 00:10 larda Mirobod tumani, Shahrisabz-Taras Shevchenko ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Spark rusumli transport vositasi, Epica rusumli transport vositasi, BYD rusumli transport vositasi va Nexia-2 rusumli avtomashinalari o‘zaro to‘qnashuvi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida Spark rusumli avtomashina haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.