Firibgarlar Singapur bosh vaziri dipfeyk videosidan foydalanib kriptovaluta sotdi
Endi mamlakat hukumati bunday jinoyatlarga oid qonunlarni keskinlashtirib, fuqarolarni firibgarlardan himoya qilish uchun axborot bilan ta’minlashni kengaytirmoqda.

Foto: Getty images
Singapur bosh vaziri Lourens Vong vatandoshlarini sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan (dipfeyk) videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgani haqida ogohlantirdi. Bosh vazir so‘zlariga ko‘ra, firibgarlar ulardan kriptovaluta sotish yoki yashash uchun ruxsat olish xizmatlarini reklama qilish uchun foydalangan.
2024 yilda Singapurda 51 mingdan ortiq firibgarlik holatlari, shu jumladan dipfeyk aniqlangan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 11 foizga ko‘p. Umuman olganda, o‘tgan yili singapurliklar firibgarlar tufayli 827 million dollar yo‘qotgan. Endi mamlakat hukumati bunday jinoyatlarga oid qonunlarni keskinlashtirib, fuqarolarni firibgarlardan himoya qilish uchun axborot bilan ta’minlashni kengaytirmoqda. Bosh vazir Vong vatandoshlarini ehtiyot bo‘lishga va firibgarlarga ishonmaslikka va ular bilan shaxsiy ma’lumotlarni baham ko‘rmaslikka chaqirdi.
O‘tgan oy firibgarlar Italiya mudofaa vaziri Gido Krosettoning sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan ovozidan foydalangan edi. Ular vazir nomidan italiyalik tadbirkorlarga qo‘ng‘iroq qilib, uning ovozi bilan ularni Suriya va Eronda garovda bo‘lgan Italiya fuqarolarini ozod qilish uchun xorijiy banklardagi hisob raqamlariga pul o‘tkazishga ko‘ndirgan.
Mavzuga oid

17:00 / 05.07.2025
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?

17:49 / 30.06.2025
Mashina olib berish bahonasida 840 dan ortiq odamni chuv tushirgan guruh qo‘lga olindi

12:20 / 30.06.2025
Firibgarlikda ayblangan fuqaro Turkiyadan deportatsiya qilindi

18:14 / 28.06.2025