Yangi Toshkent qurilishiga ishga kirish bo‘yicha Telegram’da bot ishga tushdi
10 mingga yaqin vakansiyalar uchun Bandlik vazirligining qisqa raqamiga tusha olmayotgan fuqarolar uchun Telegram-bot ishga tushirildi. Ta’kidlanishicha, kun davomida call-markazga minglab qo‘ng‘iroqlar bo‘lgani sababli uzilishlar yuzaga kelgan. Texnik nosozlik tez orada bartaraf etilishi kutilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Kun.uz Yangi Toshkent qurilishi uchun turli yo‘nalishlarda 10 mingga yaqin vakansiyalar e’lon qilingani, ammo bog‘lanish uchun berilgan qisqa raqamlar ishlamayotgani yuzasidan fuqarolarning murojaati hamda rasmiylarning munosabatini e’lon qilgandi.
Holat yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi qo‘shimcha izoh berdi. Qayd etilishicha, qurilishda ishlash istagi bo‘lgan ko‘plab o‘zbekistonliklarning qiziqishiga sabab bo‘lgan, telefonga bog‘lanishlar soni ko‘payib, limitdan oshgani sabab uzilishlar yuzaga kelgan.
“Kun davomida 1000 ga yaqin qo‘ng‘iroq bo‘lmoqda. Qo‘ng‘iroqlar soni ko‘paygani tufayli limit (bir paytning o‘zida 50 tagacha qo‘ng‘iroq)dan oshganda uzilish ro‘y bergan. Ushbu holat 4 mart soat 12:00 ga qadar bartaraf etiladi”,– deyiladi munosabatda.
Shuningdek, vazirlik qo‘ng‘iroq qilib, navbat kutishni istamagan yoki bog‘lana olmagan fuqarolar uchun alternativ taklif sifatida Telegram-bot ishga tushirilayotganini aytmoqda.
“Endilikda Yangi Toshkent shahri loyihasi qurilishida ishlashni istagan hamyurtlarimiz @yangi_toshkent_qurilishi_bot orqali o‘zlari haqida ma’lumotlarni yozib qoldirishsa, call-markaz operatorlari ma’lumotda ko‘rsatilgan raqamga kun davomida qayta aloqaga chiqadi”, – deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 20 ming gektar maydonda bunyod etilayotgan yangi Toshkent shahri qurilishiga ishchilar kerakligi e’lon qilingan. Bu ish o‘rinlari uchun 8-15 mln so‘m miqdorida maosh va’da qilingan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

13:10 / 02.04.2025
Noqonuniy imoratlar haqidagi ma’lumotlarni Qurilish vazirligiga yuborish mumkin

13:38 / 28.03.2025
“Mulalak” GESi qurilishini Xitoy moliyalashtiradi” – “O‘zbekgidroenergo”

18:31 / 20.03.2025
Toshkentda zarang daraxtlari sirli ravishda yo‘q qilindi

15:49 / 19.03.2025