O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida fuqarolar kelib-ketishi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritildi
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: gov.kg
2006 yil 3 oktyabrdagi O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlandi.
Bayonnoma 2024 yil 18 iyul kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Mavzuga oid

16:31 / 08.04.2025
O‘zbekistonlik ayol Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tdi

18:24 / 03.04.2025
Chegara muammolari hal bo‘ldimi? Markaziy Osiyoning bugungi manzarasi – ekspertlar nigohida

20:07 / 02.04.2025
AQSh Xo‘jand deklaratsiyasi va chegaralarning tutash nuqtasi bo‘yicha shartnomani olqishladi

16:17 / 31.03.2025