Blue Origin kapsulasi kosmosga turistik parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi
Bortida olti nafar ishtirokchi bo‘lgan kapsula suborbital makonga 10-12 daqiqa amalga oshirgan qisqa parvozidan keyin yerga qo‘ndi.

Foto: Blue Origin
Blue Origin kompaniyasi NS-30 missiyasi doirasida kosmosga o‘zining 10-turistik parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Qayd etilishicha, bu ko‘p pog‘onali tezlashtirgich va yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan kapsuladan iborat New Shepard raketasining 30-marotaba uchirilishi hisoblanadi.
Bortida olti nafar ishtirokchi bo‘lgan kapsula suborbital makonga 10-12 daqiqa amalga oshirgan qisqa parvozidan keyin yerga muvaffaqiyatli qo‘ngan. Parvoz davomida ishtirokchilar bir necha daqiqa vaznsizlik holatida bo‘lgan va Yerni kosmos fonida kuzatishgan.
Yo‘lovchilar orasida New Shepard’da ikkinchi parvozini amalga oshirgan tadbirkor Leyn Bess, teleboshlovchi Xesus Kalexa, fizik va tadbirkor Eleyn Chiya Xayd, reproduktiv endokrinolog Richard Skott va xej-fond hamkori Tushar Shah ham bo‘lgan. Ekipajning oltinchi a’zo kim ekani noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil iyul oyida milliarder Jyeff Bezos shaxsan Blue Origin kompaniyasining New Shepard raketasida koinotga uchgandi. O‘shanda u bilan birga bortda uning akasi Mark, 82 yoshli uchuvchi Uolli Fank va 18 yoshli niderlandiyalik Oliver Demen bo‘lgan.
Mavzuga oid

20:20 / 30.03.2025
Kosmik chiqindilarni yo‘q qilishga qodir sun’iy yo‘ldoshlar yaratilmoqda

23:29 / 09.01.2025
SpaceX ilk bor Starship’ni bortiga sun’iy yo‘ldoshlar ortilgan holda kosmosga uchiradi

17:33 / 03.01.2025
Keniyadagi qishloqqa osmondan yarim tonnalik metall halqa qulab tushdi

22:10 / 19.11.2024