Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Statistika agentligiga yangi direktor tayinlandi
Bahodir Begalov o‘rnini Behzod Hamroyev egalladi. U bungacha Markaziy bank raisi o‘rinbosari edi.

Foto: Kun.uz
Behzod Hamroyev Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston prezidentining bu boradagi tegishli farmoni qabul qilindi.
Shu munosabat bilan Behzod Hamroyev Markaziy bank raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Behzod Hamroyev 1983 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2006 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasini, 2016 yili Yaponiyaning siyosiy fanlar milliy institutini tamomlagan. Ekonometrika va statistika magistri darajasiga ega.
Mehnat faoliyatini Iqtisodiyot vazirligida boshlagan. U 2008 yildan buyon Markaziy bank tizimida ish boshlagan, 2020 yilda MB raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Bungacha Statistika agentligiga salkam 8 yil davomida Bahodir Begalov rahbarlik qilgan, u 2025 yil yanvar oyida lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid

12:03 / 18.07.2025
Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori v.b bo‘lgan

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025